Ру Ўз O`z En

Qashqadaryo: joriy yil mavsumda 133 mingdan ziyod gektarga chigit qadash rejalashtirilgan

20 Mart 2024 1547

Kuni kecha Yakkabog‘ tumani A.Xoliqov MMTP hududida joylashgan "Ulug‘vor Meros" fermer xo‘jaligida joriy yil hosili uchun chigit tayyorlash bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Unda “O‘zagroinspeksiyaning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Donayev va Qashqadaryo viloyat Qishloq xo‘jaligi bo‘lim boshlig‘i O.Boymirov hamda sohaga aloqador tashkilot rahbarlari va qishloq xo‘jaligi xodimlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi asosiy masala 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekishni qisqa muddatda va sifatli yakunlash bo‘yicha chora tadbirlariga bag‘ishlandi 

Xususan, joylarda chigit ekish uchun talab etiladigan 5 328 tonna urug‘lik chigitning o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishi hamda 200 kg/ga fosforli va 60 kg/ga kaliyli mineral o‘g‘itlar bilan chigit ekish ishlarini amalga oshirilishi, chigit ekish ishlarida ishtirok etadigan qishloq xo‘jalik texnikalariga yonilg‘i moylash materiallarining tizimli asosda yetkazib berilishi va dalalarda mexanizator hamda muhandis texnik xodimlar uchun yetarli sharoitlar yaratilishi, shuningdek ko‘chma texnik xizmat ko‘rsatish guruhlari tomonidan sifatli servis xizmati ko‘rsatilishi kabi dolzarb masalalar qatʼiy nazoratga olindi va ushbu tadbirlar yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi kunda “O‘zagroinspeksiyaning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan hududlarda chigit ekish ishlari nazoratga olingan.

Maʼlumot o‘rnida, Qashqadaryo viloyatda 133 ming 50 gektar maydonga chigit ekish belgilangan bo‘lib, buning uchun 5 ming 328 tonna urug‘lik chigit sarflanishi rejalashtirilgan bo‘lib shundan 3 ming 333 tonnasi tukli 1 ming 995 tonnasi tuksiz urug‘lik chigitni tashkil qiladi.

Birgina Yakkabog‘ tumaniga 2024 -yil hosili uchun 244 tonna urug‘lik chigit ekish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, viloyatda mavjud 1 186 dona chigit ekish seyalkalari mavsumga jalb qilingan bo‘lib, G‘uzor tumanida 70 dona, Qarshi tumanida 135 dona, Koson tumanida 239 dona, Qamashi tumanida 56 dona, Mirishkor tumanida 184 dona, Muborak tumanida 68 dona, Nishon tumanida 80 dona, Kasbi tumanida 153 dona, Chiroqchi tumanida 60 dona, Ko‘kdala tumanida 12 dona, Shahrisabz tumanida 40 dona, Yakkabog‘ tumanida 89 dona chigit ekish seyalkalarini to‘xtovsiz ishlashi taʼminlanmoqda.

Ayni paytda viloyatning Qamashi, Yakkabog,Chiroqchi, Shahrisabz tumanlarida 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish boyicha seminarlar bo‘lib o‘tmoqda. 

Seminar so‘ngida ishlarni jadallashtirish va o‘z vaqtida sifatli yakunlash bo‘yicha masʼullarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Inspeksiyaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi

Text to speech