"O‘zagroinspeksiya"ning Xorazm viloyati boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish sho‘‘basi tomonidan sug‘oriladigan ekin yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi natijasida foydalanishdan chiqishiga sabab bo‘lgan holatlar ustidan doimiy tarzda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Nazorat tadbirlari davomida qator qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Viloyat miqyosida joriy yilning iyul oyida Tuproqqaʼla tumanida 3 nafar fuqarolar tomonidan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan tuman zaxira yer fondidagi jami 0,066 gektar sug‘oriladigan yer maydonlariga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.
Jumladan, T. A. va B.I. tomonidan tegishli hujjatlari bo‘lmasdan turib tumanning «Yangizamin» mahallasi 888q-konturidagi sug‘oriladigan 54 ball bonitetli 0,016 gektar va 0,02 gektar ekin yer maydonlaridan iborat noqonuniy uy-joy qurilishlar qurilganligi aniqlandi K.U. tomonidan tegishli xujjatlari бўлмасдан turib tumanning “Yangizamin” mahallasi 888q-konturidagi суғориладиган 54 ball bonitetli 0,03 gektar ekin yer maydonlarida qurilish ishlari olib borganligi natijasida davlat manfaatlariga yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar kelib chiqqan. Mazkur holatlarda davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori
46 million 311 ming 884 (qirq olti million uch yuz o‘n bir ming sakkiz yuz sakson to‘rt) so‘mni tashkil qildi.
Yuqorida aniqlangan yerga oid qonunbuzarlikning oldini olish hamda yetkazilgan zarar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun huquqni muhofaza qilish o‘rganlariga yuborildi.