Joriy yilda Respublika hududlarida 2025-yil hosili uchun suvli maydonlarga 1 mln. 7 ming 290 gektar boshoqli don ekinlari ekilishi rejalashtirilgan, shundan, 311 ming 516 gektari ochiq maydonlarga hamda 695 ming 773 gektar g‘o‘za qator oralariga ekilishi belgilangan.
Shuningdek, don ekish ishlariga 1 ming 224 dona seyalkalar va 7 ming 831 dona don ekish moslamalari jalb qilindi.
Albatta, erta muddatlarda ekilgan bug‘doy qishgacha yaxshi tuplaydi, 4-5 ta poya hosil qiladi, ildiz otadi, sovuqdan zararlanmaydi, bahorda tez rivojlanib, yuqori hosil olish imkonini beradi.
Aksincha, kech ekilgan hollarda g‘alla yaxshi tuplashga va ildiz otishga ulgurmaydi, qishga kuchsiz holatda kiradi, buning oqibatida sovuq taʼsirida 10-15 foiz ko‘chatni nobud bo‘lishi va oxir-oqibatida 25-30 foiz hosilni yo‘qotilishiga olib keladi.
Bugungi kunda hududlarda g‘alla ekish uchun yer tayyorlash ishlari 151 ming gektar 548 yoki 15 foiz maydonlarda, don ekish ishlari 116 ming 744 gektar yoki 11,6 foiz maydonlarda amalga oshirilgan.
Shuningdek, hozirgacha 104 ming gektar yoki 33 foiz ochiq maydonlarda hamda 12 ming 279 gektar yoki 1,8 foiz g‘o‘za qator oralariga don ekish ishlari o‘tkazilgan.
Inspeksiya tomonidan, g‘alla ekish bilan bog‘liq barcha agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.
Xususan, g‘alla ekishni tashkil qilishda 1 ming 986 ta fermer xo‘jaliklarining 14 ming 551 gektar maydonlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish yuzasidan soha masʼullariga 15 ta taqdimnoma va fermer xo‘jaliklariga 4 ming 149 ta ogohlantirishlar berildi.
Hududlarda boshoqli don ekinlarini ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha Inspeksiya tomonidan doimiy nazoratga olib boriladi.
Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar
o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi