Ру Ўз O`z En

Markazda "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" o‘quv kurslarining navbatdagi guruhi ochildi

26 May 2021 1676

Inspeksiya qoshidagi "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" DUK direktorining joriy yilning 21-maydagi 108 i/ch-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 24 may kunidan  "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" o‘quv kursida 2-2021-sonli guruhi faoliyatini boshladi.а

Ushbu o‘quv kursi jami 354 soatdan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda paxta tolasini standartlashtirish va sertifikatlashtirish, marketing asoslari, paxtani dastlabki ishlash reglamyenti, yong‘in xavfsizligi kabi mavzularidan tashkil topgan.

O‘quv kursida Respublikamizning paxta klasterlari va Markazning paxta yo‘nalishi xodimlari tinglovchi sifatida qatnashmoqdalar. O‘quv amaliyot darslari 2-iyulgacha davom etadi.

@agroxizmat.uz

 

Text to speech