BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan “25-noyabr-Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni”ga hamda Hukumat topshirig‘iga asosan, 2022-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” chora-tadbirlar rejasi eʼlon qilingan edi.
Unga ko‘ra, bugun 6 dekabr sanasida Inspeksiyaning “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUKda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” hamda “Xotin-qizlarni taʼziq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi konvensiyani mazmun mohiyatini, huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda markaz jamoasi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligidan Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha Bosh direktor maslahatchisi filosofiya fanlari doktori, professor Mamadaliyeva Noibaxon Saydaminovna ishtirok etdi.
Ushbu tadbir davomida gender zo‘ravonlikning ko‘rinishlari, yaʼni ruhiy, jismoniy va iqtisodiy zo‘ravonlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, ayollarni o‘z haq-huquqlari bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishi zarurligi yuzasidan so‘z yuritildi.
Muqaddas sanalgan oilada ayolga nisbatan qilingan zo‘ravonlikni yurtimiz kelajagi uchun qilingan tajovuz sifatida baholanishi lozimligi, xotin-qizlarga nisbatan munosabatni yana-da yaxshilash, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni yana-da mustahkamlash har birimiz uchun ham farz ham qarzligi alohida taʼkidlandi.