Maʼlumki, qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan azotli o‘g‘itlarning asosiy turi ammiakli selitra hisoblanadi. Shu sababdan mazkur azotli o‘g‘itga bo‘lgan talab hamisha yuqori bo‘lib kelgan, Buni anglagan ayrim kimsalar masʼul lavozimda bo‘la turib, shaxsiy manfaatdorlik yuzasidan nafs quliga aylanishmoqda
“O‘zagroinspeksiya” Jalaquduq tuman bo‘limi inspektorlarining huquq targ‘ibot organlari bilan hamkorlikda olib borgan tadbirlari natijasida 2021 yil 31 yanvar kuni “Andijon Agrokimyohimoya” korxonasi Jalaquduq tumanlararo filialining mansabdor shaxslari va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib 34 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itini markaziy omboridan olib chiqib, fermer xo‘jaliklariga tarqatmasdan “Toshmatov” massividagi filial tasarrufida bo‘lmagan xususiy omborxonaga olib borib tushirayotgan vaqtda inspeksiyaning tuman bo‘limi va tuman Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlab qolindi.
Holat yuzasidan filial rahbari va ombor mudiriga nisbatan tegishli huquqiy chora ko‘rilib, noqonuniy olib chiqilgan 34 tonna ammiakli selitra bo‘yicha to‘plangan hujjatlar (tuman davlat xavfsizlik xizmatiga) organlarga taqdim etildi.
Sh.Xadjibayev, “O‘zgaroinspeksiya” Jalaquduq
tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari