Ру Ўз O`z En

Matbuot xizmatlari rahbarlari davlat organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda zamonaviy talab va tendentsiyalarni muhokama qildilar

19 Noyabr 2020 2330

Joriy yilning 17-18 noyabrь kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan navbatdagi “Davlat organlari va tashkilotlari ochiqligini taʼminlash: zamonaviy talab va tendentsiyalar” mavzuida oʼquv-seminari tashkil etildi.

Treningda sohadagi yetakchi mutaxassislar– filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori Beruniy Аlimov, filologiya fanlari nomzodi Gulnora Nishonova, dotsent Nargis Qosimova, mediatrener Gulmira Shukurovalar ishtirok etib, qatnashchilarga davlat organlari va tashkilotlari ochiqligini taʼminlashda zamonaviy talablar va tendentsiyalar, rahbarlar imiji va korporativ imij, tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi kabi qator masalalar boʼyicha maʼruzalar tashkil qilindi. Qoleversa, informatsion inqiroz vaqtida uni bartaraf etish va chiqish usullari haqida misollar yordamida tushuntirib ketildi.
Shuningdek, mutaxassislar matbuot kotibi imijini yaratish, davlat organlari va tashkilotlari rasmiy veb-saytlarining koʼrinishi va ichki kontenti, ushbu yoʼnalishdagi kamchiliklar masalalariga bagʼishlangan amaliy mashgʼulotlar ham oʼtkazdilar.
Oʼquv seminarining ikkinchi kuni zamonaviy media muhit va raqamli instrumentlardan foydalanish mavzulariga bagʼishlanib, amaliy mashgʼulotlar oʼtkazildi.
Ikki kun davom etgan treningda mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar oʼta muhimligi va ularni amaliyotda qoʼllay bilish matbuot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashuviga yordam beribgina qolmay, jamoatchilik uchun boshqaruv organi va tashkilotning ochiq-oshkoraligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech