Ру Ўз O`z En

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari

29 Avgust 2023 2422

Joriy yilning avgust oyida Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Mazkur seminarda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Biznes-ombudsman va Guliston shahar Adliya bo‘limi hamda Inspeksiyaning viloyat boshqarmasining 69 ta xodimdan iborat mutaxassislari ishtirok etishdi.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining “Maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 431-sonli qarori bo‘yicha Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan qo‘llanilgan barcha maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni “E-Ma‘muriy ish” axborot tizimiga kiritilishining huquqiy asoslari haqida Ichki ishlar boshqarmasi mutaxassisi G‘ayrat Ergashevning,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-374-son qarori yuzasidan tadbirkorlik subyektlarida “xavfni tahlil etish” tizimi asosida o‘tkaziladigan tekshirishlarning “Yagona axborot tizimi”ga joylashtirish bo‘yicha Biznes-Ombudsman Devoni yetakchi inspektori Nurali Qurbonovning hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-240-sonli qarori mazmun-mohiyati xususida Guliston shahar Adliya bo‘limi mutaxassisi Sobir Xalilovning mulohazalari tinglandi.

Agroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilayotgan tekshirishlar “Yagona axborot tizimi”ga o‘z muddatida kiritilishi hamda qo‘llanilgan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarning “E-Ma‘muriy ish” axborot tizimiga joylashtirilishi taʼminlanmoqda.

Jumladan, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida

5354 ta nazorat tadbirlari, shundan 39 ta tekshirishlar, 5315 ta monitoring o‘tkazilgan bo‘lib, Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan jami 235 ta maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinib, 77 mln

735 ming so‘mlik maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan, 1268 ta korxonalarga ogohlantirishlar va 10 ta taqdimnomalar kiritildi.

Qonuniy qaror qabul qilish uchun 22 ta materiallar sudlarga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Seminar yakunida O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Shodiyev so‘zga chiqib,  barcha xodimlarga kelgusida Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni, qonun ustuvorligi, meʼyoriy hujjatlar ijrosi taʼminlash, Inspeksiya rahbariyati tomonidan berilgan topshiriq va vazifalarni o‘z muddatida to‘laqonli hamda sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

 

 “O‘zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi 

Text to speech