O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi, “Metrologiya to‘g‘risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi hamda “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunlari va Qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi nazorati "O‘zagroinspeksiya" zimmasiga yuklatilgan.
Shunga ko‘ra, "O‘zagroinspeksiya" ning Samarqand viloyat boshqarmasi Meʼyoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish, sertifikatlash va metrologiya bo‘yicha hamda Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassislari tomonidan Payariq tumani Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi hamda unga qarashli zooveterinariya shaxobchalarida belgilangan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2023-yil 14-aprel kuni “Respublikada 2023-yilda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish, naslchilik ishlarini tashkil etish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish hamda veterinariya xizmatlari ko‘rsatishni yana-da yaxshilash to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni (№5, VM-138-son, 15.04.2023) bilan tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosi tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida hamda unga qarashli zooveterinariya shaxobchalarida o‘rganilib, bir qator kamchiliklar aniqlandi.
Xuddi shunday, “Metrologiya to‘g‘risida”gi hamda “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi tuman Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda unga qarashli Chelak dehqon bozori hududida joylashgan veterinariya-sanitariya laboratoriyasida o‘rganilganda, ish jarayonida foydalanib kelinayotgan o‘lchov vositalari tegishli tartibda davriy davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilmaganligi holatlari aniqlandi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan belgilangan tartibda qonuniy choralar ko‘rilishi taʼminlandi.
N.To‘xtamishov, U.Yaxshimurodov "O‘zagroinspeksiya"ning Samarqand viloyat boshqarmasi