Ру Ўз O`z En

Mirzacho‘l tumanining 200 dan ortiq fermer xo‘jaliklari rahbarlari ogohlantirildi

29 Iyun 2022 1587

Ayni kunlarda Mirzacho‘l tumani mehnatkashlari ham peshona teri evaziga yetishtirilgan boshoqli don ekinlarini o‘rib-yig‘ib olish bilan bir qatorda g‘o‘za parvarishi bilan bog‘liq muhim agrotexnik tadbirlarni olib bormoqda.

Joriy yil tumanda 12 ming 500 gektar maydonga chigit qadalgan bo‘lib, paxta dalalarida bajariladigan agrotexnik tadbirlarning kechiktirmasdan, sifatli o‘tkazilishi "O‘zagroinspeksiya"ning Mirzacho‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan nazoratga olingan.

Hozirgi kunda g‘o‘zalar tobora rivojlanib, gullash va ko‘saklash fazalariga kirgan. Xususan, shu-kecha kunduzda va o‘z vaqtida sifatli ishlov berilgan, chuqur yumshatilgan, suspenziya sepilgan va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan 10 foiz g‘o‘za 3-4 ko‘sak fazasida rivojlanmoqda.

Shuningdek, tumanda g‘o‘za qator oralariga ishlov berish uchun 178 dona kultivatorlar yordamida 5,7 marotaba kultivatsiya ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunga qadar, 55 foiz g‘o‘za maydonlarida 3-oziqlantirish ishlari amalga oshirilib, 6 250 nafar chopiqchilar bilan 4,7 marta g‘o‘za chopiqdan chiqarilgan, shu bilan birga, 103 purkagichlar yordamida 4,5 marta g‘o‘za bargidan oziqlantirildi.

Darvoqe, paxta maydonlarini sharbat bilan sug‘orish maqsadida dala chetlariga 8 715 tonna mahalliy o‘g‘itlar jamg‘arilgan.

Yuqorida keltirilgan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida Inspeksiyaning tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlarning o‘rni va ahamiyati katta bo‘lmoqda.

Inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan g‘o‘za agrotexnikasini kechiktirmasdan o‘tkazish bo‘yicha 210 ta fermer xo‘jaliklari rahbarlariga ogohlantirish berilgan.

F. Rahmonov, “O‘zagroinspeksiyaning  Mirzacho‘l tuman bo‘limi boshlig‘i            

Text to speech