"O‘zagroinspeksiya" tomonidan 2023 yilda yetishtirilgan paxta hosilini sifatli qabul qilinishi, topshiruvchi hamda qabul qiluvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan nizoli holatlarni tezkorlik bilan adolatli hal etish yuzasidagi ishlar davom etib kelmoqda
Maʼlumot uchun, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” vakillari bilan birgalikda tayyorlov maskanlarida paxta xom-ashyosini qabul qilishda nizoli holatlarni adolatli hal etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning har birida 3 tadan jami 39 ta Mobil arbitraj guruhlari tashkil etilgan.
Joriy yilning 16 oktyabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi jami 384 ta paxta tayyorlov maskanlarida qabul qilinayotgan paxta xom-ashyosining namligi va iflosligini aniqlash yuzasidan Inspeksiyaning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan 39 ta Mobil arbitraj guruhlariga 244 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, 65 ta holatda paxtaning sinfi bo‘yicha 179 ta holatda paxta xom-ashyosining iflosligi va namligi bo‘yicha nizolarning 182 tasi fermer xo‘jaliklari foydasiga, 62 tasi tayyorlov korxonasi foydasiga hal etilgan.
Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlariga asosan Mobil arbitraj guruhlari tomonidan nizoli holatlarni hal etish natijalari bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirib borilmoqda.
Bu yilgi paxta hosilini sifatli qabul qilinishi «O‘zagroinspeksiya» tomonidan muntazam nazorat etilishi natijasida, respublikada tayyorlangan paxta xom-ashyosi yuqori navlarga qabul qilinmoqda.
«O‘zagroinspeksiya» va uning hududlardagi boshqarma hamda bo‘limlar mutasaddilari tomonidan fermer xo‘jaliklari, paxta to‘qimachilik klasterlari va tashkil etilgan kooperatsiyalarga yetishtirilgan paxta xom-ashyosini yuqori navlarga topshirish orqali qo‘shimcha daromad manbasini yaratish hamda paxta xom-ashyosini sifatli qabul qilib va uni qayta ishlash orqali raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish mumkinligi yuzasidan tushuntirishlar va kerakli tavsiyalar berib borilmoqda