Ру Ўз O`z En

Namangan: bahorgi mavsumga texniklarni shay holatga keltirish nazoratda

26 Yanvar 2023 1228

Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari uchun yil o‘n ikki oy yumush topiladi. Binobarin, qish mavsumi ham ular uchun masʼuliyatli davr hisoblanadi. Yaʼni, bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga soz holga keltirish ishlari ayni qish mavsumida olib boriladi.

 

Namangan viloyatida 2023-yil bahorgi dala ishlarida ishtirok etadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini taʼmirlash ishlari qanday ketmoqda?

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mavsum uchun viloyat bo‘yicha 1 ming 305 ta chopiq traktori, 1305 ta kultivator, 588 ta chigit ekish seyalkasi, 3 ming 4 dona tishli borona, 433 ta chizel moslamasi, 421 ta pushta oluvchi moslama, 203 ta yer tekislagich, 312 ta purkagich qatnashishi belgilangan.

-Mavsumda qatnashadigan texnikalar belgilangan dislokatsiyalarga asosan barcha tumanlarda tashkil etilgan 32 ta taʼmirlash maskanlari- “Agroservis MTPMCHJ larida taʼmirdan chiqarilib, mavsumga shay xolatga keltirilgan texnikalarni tuman komissiyalari tomonidan qayta ko‘rib chiqish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan xolda qabul qilib sertifikat berish ishlarini borishi “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan nazoratga olindi. Shu bilan birga mavsum ishlariga jalb etilayotgan har bir qishloq xo‘jaligi texnikalari va mashina mexanizmlarni Inspeksiya organlarida ro‘yxatdan, qayta ro‘yxatdan, yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, shuningdek, mexanizatorlarni traktorchi-mashinist guvohnomalarini toifalari boshqaruvidagi texnikalarni boshqarishga ruxsat berishi hamda guvohnomalarini, shu bilan birga texnik hujjatlarni yangi namunadagi plastik shakldagi hujjatlarga almashitirilganligi alohida nazoratga olindi-, deydi inspeksiya viloyat boshqarmasi bosh inspektori A. Akbarov.

Olib borilgan nazorat ishlari davomida bahorgi dala ishlarida qatnashadigan texnikalardan Mingbuloq tumanida 37 ta, Kosonsoy tumanida 35 ta, Namangan tumanida 75 ta, Norin tumanida 34 ta, Pop tumanida 27 ta, To‘raqo‘rg‘on tumanida 56 ta, Uychi tumanida 29 ta, Uchqo‘rg‘on tumanida 8 ta, Chortoq tumanida 14 ta, Chust tumanida 49 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Joriy yilning dastlabki 20 kunida eski namunadagi 86 ta texnik hujjatlar, 69 nafar mexanizatorlarni traktorchi-mashinist guvohnomalari yangi plastik shakldagi hujjatlarga almashtirildi.

O‘zagroinspeksiya” Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech