Ру Ўз O`z En

Navoiy: 33 mingdan ortiq gektarga takroriy ekinlar ekiladi

4 Iyul 2024 1261

Bugungi kunda aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida, Navoiy viloyatida 2024-yil hosili uchun g‘alladan bo‘shagan maydonlarni somondan peshma-pesh tozalash hamda takroriy ekin ekish ishlari jadal ketmoqda.    

Jumladan, 33 300 gektar maydonlarda takroriy ekinlar ekish, shu jumladan 1 395 gektar sabzavot, 355 gektar poliz, 1 000 gektar kartoshka, 1 923 gektar moyli, 10 866 gektar dukkakli don, 1 500 gektar sholi, 8 657 gektar ozuqa hamda 7 604 gektar tarix ekinlarini ekish rejalashtirilgan.

Xususan, Birgina Xatirchi tumanida 9 ming 789 gektar maydonlarga kartoshka, poliz, sabzavot, moyli sholi hamda tarix ekin ekish ishlari fermer xo‘jaliklari tomonidan uyushqoqlik bilan davom etmoqda.                

Tuman xokimi sektoriga qarashli Qosim Rahmatov hududidagi “Po‘lat bobo” fermer xo‘jaligi tomonidan 21 gektar g‘alla maydoni mavjud bo‘lib, tumanda g‘alla topshirish rejasini birinchilardan ortig‘i bilan bajarib, g‘alladan bo‘shagan maydonlarda 16 gektar dukkakli hamda 5 gektar sabzavot ekinlarni ekish ishlarni yakunlamoqda.   Takroriy ekinning dalaga ham foydasi katta. G‘alladan bo‘shagan yerga takroriy ekin ekilganda yerga biologik azotning yetishmaslik muammosi bartaraf etiladi, maydonlar yana-da madaniylashadi.   

Bundan tashqari, takroriy ekin qo‘shimcha hosil manbai bo‘lib, aholining moddiy neʼmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, narx-navoning arzonlashuvi va ziroatchilikda ko‘p hosilli tizimning barqaror rivojlanishini kafolatlaydi.

Qolaversa, tuproq unumdorligini muttasil oshirib, organik modda bilan boyitadi, uning xossalarini yaxshilab, biologik jarayonni kuchaytiradi va dehqonlarga qo‘shimcha daromad keltiradi. Asosiysi, aholini yil davomida vitaminlarga boy sabzavot, poliz va kartoshka mahsulotlari bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.

B.Tuychiyev, Inpeksiyaning viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi.

Text to speech