Ру Ўз O`z En

Navoiy: boshqarmaning 2023-yil va kelgusidagi ishlari yuzasidan jamoatchilikka axborot berildi

12 Yanvar 2024 1961

Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va Xalqmiz turmush-farovonligini oshirishda qishloq xo‘jaligi sohasi yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Navoiy viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda Inspeksiyaning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2024 yildagi rejalar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda OAV vakillari, blogerlar va soha masʼullari ishtirok etdilar.  

Anjumanda boshqarma va uning hududiy bo‘limlarida o‘tgan davr mobaynida qonunchilik talablariga rioya etilishi, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari holati, paxta xom ashyosi, don va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanish, agrotexnik tadbirlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan foydalanish ishlarini nazorat qilish- tizimda qay darajada amalga oshirilayotgani va uning mazmun-mohiyati haqida mutaxassislar tomonidan maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, 2024 yil davomida Agroinspeksiya tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va rejalar haqida ham to‘xtalib o‘tildi. – Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hamda sohani rivojlantirishga oid qonun va qarorlarlar ijrosi, belgilangan tartib-qoidalarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish borasida bir qator ishlarga qo‘l urilmoqda, – deydi «O‘zagroinspeksiya» Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot-tahlil, ijro intizomi, maʼmuriy amaliyot va murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i Orifjon Nazarov.     

– Xususan, inspeksiya tomonidan 2023 yil davomida 371 ta tekshirishlar o‘tkazilib, 4 ming 900 tadan ziyod taʼsir choralari ko‘rildi. 

qonunbuzarlik holatlari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, tegishli chora-tadbirlar belgilash borasida mutasaddi tashkilot va korxonalar rahbarlari nomiga 73 ta taqdimnoma kiritilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan 4 ming 456 ta yozma ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, 4 ming 795 nafar shaxslar rasman ogohlantirilib, 375 nafar mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari ko‘rildi va shulardan 40 nafariga qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Tadbir yakunida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob berilib, boshqarma bilan OAV o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlashga kelishib olindi.

D. Rashidova, Inspeksiyaning Navoiy viloyat boshqarmasi

Text to speech