Ру Ўз O`z En

OАB vakillari uchun press-tur uyushtirildi

13 Noyabr 2020 2160

Bugun -13 noyabrь kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Markaziy apparati va Inspektsiyaning Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda Hukumatning 2020 yil 8 sentyabrdagi “2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 546-son qarorida belgilangan vazifalar bajarilishi yuzasidan “Uchqoʼrgʼon don mahsulotlari” АJ ga qarashli urugʼlik don qabul qilish shaxobchasiga press-tur uyushtirildi.

Tadbirda markaziy va mahalliy OАV larning 10 dan ortiq vakillariga yuqoridagi qaror asosida urugʼlik donni saqlash va tarqatish jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berilib, hujjatlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
Press-turda Inspektsiya viloyat boshqarmasi boshligʼi Noʼʼmonjon Karimov, boshliq oʼrinbosari Ilhomjon Shodmonov va boshqa masʼul mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Ommaviy axborot vositalari uchun tashkillashtirilgan tadbir davom etmoqda

Text to speech