Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2024 yilning I choragida qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holati to‘g‘risida

29 May 2024 1502

MAʼLUMOT

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 martdagi PQ-4241-son Qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Joriy yilning I choragida qishloq xo‘jaligi sohasida kamchiliklar sodir etilishining oldini olish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida 21 462 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Shundan, 3 954 ta tekshirishlar davomida 1 921 ta holatda 284,2 mln so‘mlik maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi, 354 ta materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritildi.

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha olib borilgan monitoringlarda 679 ta holatda 166 gektar yer maydonlarida qonunbuzilishlar bo‘yicha 98,1 mlrd. so‘m miqdorida qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Aniqlangan yer qonun buzilishi holatlari yuzasidan to‘plangan 413 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish prokuratura organlariga kiritilgan.

 “Texnikalar hisobi” to‘g‘risidagi maʼlumotlar almashuvida 6 turdagi yagona interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish uchun “my.gov.uz” portalida murojaat qilish imkoniyati yaratildi va 15 ta vazirlik idoralarning axborot tizimiga integratsiya qilinib, so‘rovlarga elektron javoblar berilishi yo‘lga qo‘yildi.

49,1 ming dona texnikalar texnik ko‘rikdan, 7,9 ming donasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 20,1 ming dona texnik pasport, 2,9 ming dona texnik guvohnoma va 8,1 ming dona davlat raqam belgisi hamda 6,7 ming dona traktorchi-mashinist guvohnomasi berilib, 9,7 mlrd.so‘mlik davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Joriy yilda 34 ta subyektlarning 807 gektar urug‘lik g‘alla maydonlari sifatsizligi aniqlanib, yaroqsiz urug‘lik don jamg‘arilishi oldi olindi.

Donning tabiiy kamayish miqdori bo‘yicha 2024 yilning yanvar-mart oyida 5 ming tonna tabiiy yo‘qotish miqdorini iqtisod qilinishiga erishildi.

13 ta korxonalardan 6 tasi paxta texnik chigitini qayta ishlaydigan yog‘-moy korxonalar faoliyati Qaror va Farmon talablariga muvofiqligi, 7 tasi belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlanib, 14 ta taʼsir choralari qo‘llanildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi tomonidan jami 16,3 mlrd. so‘mlik sertifikatlash va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatildi.

33 nafar xodimlarini davlat tilida ish yuritishida savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘qitildi, shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish” bo‘yicha 211 nafar xodimlarning malakasi oshirildi.

Inspeksiyada raqamlashtirish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha “uzagroin.uz” axborot tizimini Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan, “agrosert.uz” axborot tizimini Soliq qo‘mitasi bilan integratsiya qilinib, ishlar takomillashtirildi;

“my.gov.uz” orqali jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida qishloq xo‘jaligi texnikalarini turgan joyiga borib mobil texnik ko‘rik jihozlari yordamida texnik ko‘rikdan o‘tkazish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ijrosi yuzasidan 2024 yil I choragida “O‘zagroinspeksiya” markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlariga jami 235 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan.

 Bundan tashqari 10 533 ta jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilingan.

O‘zagroinspeksiyaning markaziy apparati tomonidan 129 marotaba targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 120 tasi ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, 4 tasi hududiy boshqarmalarda Press tur, 5 tasi markaziy apparatda brifing va matbuot anjumanini tashkil etish orqali amalga oshirilgan.

 

Qisqacha axborotim tugadi eʼtiboringlar uchun rahmat.

Text to speech