Ру Ўз O`z En

Oʼtgan oy davomida suvdan foydalanishda 1 yarim mingga yaqin kamchiliklarga yoʼl qoʼyilgan

4 Fevral 2021 1870

Maʼlumki, suvga doir munosabatlar “Suv va suvdan foydalanish toʼgʼrisida”gi Qonun hamda unga muvofiq chiqariladigan suv toʼgʼrisidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

 

Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-sonli qarori bilan “Oʼzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom tasdiqlangan boʼlib, joylarda qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun amalga oshirilayotgan suvga doir munosabatlarda mazkur tartib talablariga rioya etilayotganligi “Oʼzagroinspektsiya”ning hududiy boshqarmalari va tuman boʼlimlari tomonidan oʼrganilib kelinmoqda.

Xususan, 2021 yilning yanvarь oyida “Oʼzagroinspektsiya” va uning hududiy boʼlinmalari tomonidan joylarda belgilangan tartibda oʼtkazilgan oʼrganishlarda jami 1481 ta holatda kamchiliklarga yoʼl qoʼyilganligi aniqlandi:

Suv xoʼjaligi tizim tashkilotlari hisobida boʼlgan irrigatsiya tizimlarida 138 ta suv olish joylaridagi suvni boshqarish vositalari, 92 ta suv olish joylaridagi suv oʼlchash vositalari nosozligi, 34 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmaganligi hamda 75 ta suv olish joylarida jurnallar xatoliklar bilan yuritilganligi aniqlandi.

Misol uchun, Qoraqalpoq nasos stantsiyasi va energetika boshqarmasi hisobidagi Kegeyli tumanida joylashgan “Maxmud boz”, Аndijon viloyat nasos stantsiya va energetika boshqarmasi hisobidagi Xoʼjaobod tumanida joylashgan “Shaxrixonsoy”, Izboskan tumani joylashgan “Olamaydon” nasos stantsiyalarida, Jondor tuman irrigatsiya boʼlimi xisobidagi “Zarafshon” kanalining “Navruzobod”, Vobkent tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Eloch” kanalining “Kumushkent”, Mirzaobod tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “D-3” kanalining “PK-00-25”, “PK-30-35”, Oqoltin tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “P-R-4” kanalining “PK-00-15”, “PK-25-40”, Muzrabot tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “R-9” kanalining “R-9” va “R-5” kanalidagi “R-5” suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmagan.

Bundan tashqari, Suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xoʼjaliklari va klasterlar tomonidan 336 ta suv olish joylari suvni boshqarish, 284 ta suv olish joylari suv oʼlchash vositalari bilan jihozlanmagan. 224 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi yuritilmaganligi, 299 ta holatda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari oʼrtasida suv isteʼmoli boʼyicha shartnomlar tuzilmaganligi aniqlandi.

Oʼrganishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan “Oʼzagroinspektsiya” va uning hududiy boʼlinmalari tomonidan vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 185 ta (63,4 mln.soʼm) maʼmuriy, 116 ta (80,8 mln.soʼm) jarima sanktsiyalar qoʼllanildi. 77 ta holat yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni koʼrib chiqishlik uchun toʼplangan hujjatlar sudlarga kiritilishi taʼminlandi.

Oʼz navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar koʼrish toʼgʼrisida 203 ta yozma koʼrsatma va taqdimnomalar kiritildi.

Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 920 ta suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.

Bugungi kunda nazorat tadbirlari belgilangan tartibda oʼtkazilib kelinmoqda.

 

"Oʼzagroinspektsiya" ning Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv

resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi

Text to speech