Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 575-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi toʼgʼrisida”gi Nizomning 12-bandi “e” bandiga asosan Аgroinspeksiya tomonidan oʼtgan 7 oy hisobot davrida qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat qilish borasida:
davlat boshqaruv organlarida 134 ta (19020 ga),
klasterlarda 13 ta (16882 ga),
fermer xoʼjaliklarida 2199 ta (61311 ga),
jismoniy shaxslarda 1855 ta (1534 ga), va boshqa qishloq xoʼjaligi korxonalarida 225 ta (9279 ga) jami boʼlib, 4426 ta holatda (108026 ga) tekshirish va monitoring nazorat tadbirlari oʼtkazilgan.
Oʼtkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 3955 ta holatda 23 ming 654 gektar maydonda yer qonunbuzilishlari aniqlangan. Jumladan,
- 1174 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 1426 gektar yer maydonlari oʼzboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy uy-joy va boshqa qurilishlar qurib olish;
- 2474 ta holatda 15574 gektar yerlardan belgilangandan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish;
-17 ta holatda 183 gektar tuman hokimliklari tomonidan yer berish tartibini buzish;
-55 ta holatda 68,8 gektar foydalanilgan yerlarni oʼz vaqtida qaytarmasdan foydalanish;
-234 ta holatda 6401,1 gektar xoʼjalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan oʼzboshimchalik bilan chetga chiqish va davlat yer kadastri maʼlumotlarini buzib koʼrsatish holatlari aniqlangan.
Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʼyicha Davlat boshqaruv organlari, jismoniy va yuridik shaxslarga 1564 ta ogohlantirish xatlari, 34 ta koʼrsatma, 276 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Shuningdek 1443 ta holatda 500,5 mln soʼmlik maʼmuriy jarimalar qoʼllanilib, shundan 1260 ta holat boʼyicha 459,8 mln soʼmlik jarimalar undirildi, 18 holatda 6,7 mln soʼmlik jarimalar majburiy ijroga qaratilgan.
Bundan tashqari 1937 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan hujjatlar koʼrib chiqish uchun sudlarga, 179 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Bu borada "Oʼzagroinspektsiya" tomonidan muntazam ravishda tizimli monitoring ishlari olib borilmoqda.
"Oʼzagroinspektsiya"ning Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi