Hurmatli Inspeksiyaning ishchi va rahbar xodimlari, hurmatli yurtdoshlar!
Ma’lumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish va ushbu jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo choralari kuchaytirildi.
Tahlillarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali va ta’sirchan yo‘li bu – faoliyatning har bir bosqichida ochiqlik, oshkoralik, va shaffoflikni ta’minlash hisoblanadi.
Jumladan, Inspeksiya markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman bo‘limlari va Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi hamda uning hududiy filiallarida ham ochiqlik, oshkoralik, va shaffoflikni ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi:
birinchidan – Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tashkil etildi;
ikkinchidan – Inspeksiyaning korrupsiyaga karshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom kabi yana 10 ta idoraviy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi;
uchinchidan – Korrupsiya holatlari haqida xabar berish uchun barcha turdagi aloqa kanallarining («Ishonch telefoni», elektron pochta manzillari, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa sahifalar) uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
to‘rtinchidan – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 6 ta «Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi asosiy tushunchalar, unga qarshi kurashish tarixi va asosiy yondashuvlar», «Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari», «Transparency International» Xalqaro 2 nodavlat Tashkilotining «Korrupsiyani idrok etish indeksi»da O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash masalalari», «Korrupsiyaviy xavf-xatarlar, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish masalalari», «Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida komplaens nazorat tizimining o‘rni va ahamiyati», «Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari» kabi mavzular bo‘yicha xodimlarning huquqiy bilimlari oshirildi, shuningndek, 40 dan ortiq targ‘ibot va profilaktika tadbirlari o‘tkazildi;
beshinchidan – xodimlar bilan tuzilgan 3 mingdan ortiq mehnat shartnomalariga, xodim mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik kabi qator majburiyatlar bo‘yicha o‘zgartirish kiritildi;
oltinchidan – korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar ro‘yxati, ayrim funksiyalar bo‘yicha xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi, korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan xodimlar faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‘yxati, korrupsion xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, ijroga qaratildi;
yettinchidan – Inspeksiya markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazining barcha xaridlari «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, davlat xaridlarining maxsus elektron portali orqali amalga oshirilmoqda.
sakkizinchidan – Inspeksiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatildi. Bunda, Inspeksiya nazorat funksiyalari sohasidagi tadbirlar hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ishlar to‘g‘risidagi tafsilotlar, raqamlar, hisobot va ma’lumotlar muntazam ravishda internet tarmog‘idagi rasmiy veb-sayt, boshqa sahifalarda hamda jurnalist va blogerlar ishtirokidagi press-turlarda, shuningdek, boshqa OAVda yoritib kelinmoqda;
to‘qqizinchidan – «O‘zagroinspeksiya»ni yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishga qodir bo‘lgan yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, ularning hujjat va ma’lumotlarini olish, joy-joyiga qo‘yish, malakasini oshirish va kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ular bilan ishlash, boshqarish va nazorat qilishni tartibga soluvchi 2 ta, «HR-menejment tizimi to‘g‘risida»gi nizom hamda «Ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida»gi tartib qabul qilindi. Ishga qabul qilish jarayonlari ochiq, oshkora va shaffof tanlov asosida, tanlovni internet tarmog‘ida onlayn rejimda namoyish etish tartibida tashkil etildi;
o‘ninchidan – Inspeksiya xodimlari faoliyatini samaradorlik va natijadorlik mezonlari va ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash tartibi joriy etildi;
o‘n birinchidan – qonunchilik bazasi inventarizatsiyadan o‘tkazilib, korrupsiya hamda byurokratik omillarga sabab bo‘luvchi normalarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi va soha faoliyatini tartibga soluvchi 128 ta normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxati shakllantirilib, jismoniy va yuridik shaxslarni Inspeksiya faoliyat yo‘nalishlariga oid qonunchilik hujjatlari hamda huquqiy o‘zgarishlardan doimiy xabardor bo‘lishlarini ta’minlash, har bir foydalanuvchiga hujjatlar bilan moneliksiz tanishishga imkon yaratish maqsadida ro‘yxat va hujjatlarning elektron shakli rasmiy veb-saytga joylashtirildi.
Navbatdagi bosqichda, Inspeksiya va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatida «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standartini joriy etish ishlari olib borilmoqda.
Ishonchim komilki, Inspeksiya jamoasi, barcha ishchi va rahbar xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilangan amaldagi qonunchilik hamda idoraviy hujjatlarga, shuningdek, kasbiy odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va «O‘zagroinspeksiya»ning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlar majmui hamda idoraviy hujjatlari ijrosini so‘zssiz ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha shaxsan namuna bo‘lishadi.
Abrol VAXABOV,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i