2023-yil hosilidan jamg‘arilgan bug‘doy donni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va sifatini nazorat qilish sohasida qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan "O‘zagroinspeksiya" va uning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan “Toshkentdonmahsulotlari” AJ korxonasiga Press-tur tashkil qilindi.
Press-turda "O‘zagroinspeksiya" mutaxassislari, jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.
Mazkur Press-turdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasida don yo‘nalishi sohasida qabul qilingan normativ-hujjatlarga amal qilinishi va va don va un mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashda “Toshkentdonmahsulotlari” AJ korxonasi faoliyati misolida amalga oshirilayotgan ishlar mazmun mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir.
Tadbir ishtirokchilari dastlab “Toshkentdonmahsulotlari” AJ korxonasi faoliyatini yaqindan o‘rgandilar. So‘ngra korxona elevatorida jamg‘arilgan 2023 -yil hosilidan olingan bug‘doy doning sifati, un chiqishi va novvoylik xususiyatini o‘rganish bo‘yicha laboratoriyada amalga oshirilayotgan tahlil jarayonlariga bevosita guvoh bo‘ldilar.
2023-yil g‘alla hosilidan Toshkent viloyati bo‘yicha jami 267.000 tonna bug‘doy doni qabul qilingan bo‘lib, shundan 132.000 tonnasi jamg‘arma hisobiga, 109.300 tonnasi vaqtinchalik saqlov hamda 25.700 tonnasi urug‘lik don hisobiga qabul qilingan.
Shulardan ochiq maydonlarga jami 204.268 tonna, don qabul qilish shoxobchalardagi yopiq sig‘imlarga 68.745 tonna, korxona elevatorlariga 113.604 tonna hamda maxsus maydonlarga 12.450 tonna bug‘doy donlari kiritilishi Inspeksiya tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
Joriy yilning shu kuniga qadar viloyatdagi mavjud donni qayta ishlash korxonalari tomonidan 89. 188 tonna un ishlab chiqarilishi nazoratga olingan.
2023-yil g‘alla hosilidan Respublika bo‘yicha 2 mln. 451 ming 612 tonna don jamg‘arilgan bo‘lib, shundan 1 mln. 306 ming 890 tonnasi jamg‘arma hisobiga, 1 mln. 144 ming 722 tonna don vaqtincha saqlash uchun qabul qilindi.
Bugungi kunda Respublikamizda 43 ta don qabul qilish korxonasi va uning 8 ta filiali hamda 114 ta don qabul qilish shoxobchalari faoliyat olib bormoqda. Mazkur don korxonalari, filial va don qabul qilish shoxobchalarida saqlanayotgan bug‘doy doni va ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligini oldini olish bo‘yicha tashkil qilingan ishlar "O‘zagroinspeksiya" tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda
“O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati