Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasalarining
4-bosqich talabalari endilikda Inspeksiya tizimida stajirovka o‘tashlari mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuriagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi eʼlon qiladi.
Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi Inspeksiya tizimiga munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi OTM bitiruvchilarini davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Yosh mutaxassislarni tanlash dasturiga muvofiq endilikda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasalarining 4-bosqich talabalari yosh mutaxassislarni tanlash dasturi bo‘yicha Inspeksiya tizimida stajirovka o‘tashlari mumkin.
Stajirovkada ishtirok etish uchun talabalarning shaxsiy ko‘rsatkichlari (reyting ko‘rsatkichlari va til bilish darajasi) baholanadi, maxsus test sinovi va maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra saralanib olinadi hamda Inspeksiyaning tegishli buyrug‘i bilan stajirovka o‘tash uchun qabul qilinadi.
Stajirovkani muvafaqqiyatli tamomlagan, stajirovka yakunida sertifikatga ega bo‘lgan talabalar Inspeksiya tizimi kadrlar zaxirasiga olinadi.
Stajirovka tanlovida ishtirok etish uchun arizalar onalyn shaklda joriy yilning 1 dekabr kunidan boshlab (www.agroinspeksiya.uz saytidagi maxsus havola orqali) qabul qilinadi.
Murojaat uchun: (71) 202-12-26 (117)
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.