O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan: Inspeksiyaning markaziy apparati va quyi tizimlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tadbirlarini qo‘llash, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida Inspeksiya tomonidan "O‘zdonmahsulot" AK tizimidagi don korxonalariga qarashli “Andijondonmahsulotlari” AJ ga qarashli “Baliqchi” va “Izboskan, “Qo‘qondonmahsulotlari” AJga qarashli “Rapqon” don qabul qilish shaxobchalarida yakunlangan don partiyalariga tuzilgan 30-shakl tozalov dalolatnomalarida donning tabiiy kamayishi prognoz ko‘rsatkichidan yuqoriligi aniqlangan. Yig‘ilgan hujjatlar qonuniy xulosa berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilindi.
K. Axmedov, Don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i