Ру Ўз O`z En

PАXTА-2020 : OʼLChOV VOSITАLАRI MАVSUMGА ShАYMI?

20 Avgust 2020 3211

Koʼp oʼtmay, qishloq xoʼjaligidagi muhim tadbir paxta hosilini yigʼib-terib olish jarayoni boshlanadi. Shundan kelib chiqib Navoiy viloyatida sohalar kesimida barcha kerakli tayyorgarliklar amalga oshirilmoqda. Xususan, paxta qabul qilish maskanlari va ulardagi sinov laboratoriyalarida ham qizgʼin mavsum oldidan hozirlik ishlari nihoyasiga yetay deb qoldi. Maʼlumot oʼrnida aytish kerak, Viloyatda bugungi kunda 16 ta paxta qabul qilish maskani mavjud boʼlib, ular joriy yil paxta hosilidan 99 ming 100 tonna paxta xom ashyosi qabul qilishni rejalashtirilgan.

Oʼz navbatida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Navoiy viloyat boshqarmasi hamda tuman boʼlimlari xodimlari mazkur maskanlarda boʼlib, zarur nazorat tadbirlarini oʼtkazdilar.

Inspektorlar tomonidan viloyatdagi paxta toʼqimachilik klasterlariga qarashli paxtani qayta ishlash korxonalari hamda paxta qabul qilish maskanlaridagi 2020 yil paxta hosilini qabul qilishda foydalaniladigan mavjud avtomobilь tarozilar, sinov laboratoriyalaridagi sinov uskuna va oʼlchash vositalarini taʼmirlash hamda belgilangan tartibda davlat qiyoslov koʼrigidan oʼtkazish ishlari nazoratga olindi. Аytish kerakki, fermerning mashaqqat bilan yetishtirgan hosilining oʼlchovi va sifatidan norozichiligini oldini olish, mirishkor va paxta qabul qilish maskanlari xodimlari oʼrtasidagi turli bahsli vaziyatlarga oʼrin qoldirmaslik, zamonaviy oʼlchov vositalarining sozligi muhim ahamiyatga ega. Oʼtkazilgan nazorat tadbirlarida bu jihatga ham alohida eʼtibor qaratildi.

 

 

Jumladan, “Navbahor tekstilь” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Navbahor paxta tozalash” korxonasining zavod oldi, Keskanterak va Ijand paxta qabul qilish maskanlaridagi 2020 yil paxta hosilini qabul qilishda foydalaniladigan mavjud zamonaviy avtomobilь elektron tarozilari, sinov laboratoriyalaridagi sinov uskuna va oʼlchash vositalari “Taʼmirchi” ishlab chiqarish korxonasi tarozi taʼmirlovchi tomonidan taʼmirlandi. Shu bilan birga “Oʼzbekiston Milliy Metrologiya Instituti” davlat korxonasi Navoiy filiali tomonidan belgilangan tartibda davlat qiyoslov koʼrigidan oʼtkazildi. Bundan tashqari mazkur filialning 2020 yil 10 avgustdagi qiyoslash dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilib, sertifikatlar berilishi taʼminlandi.

Shuningdek, “Baxt tekstilь” MChJga qarashli “Qiziltepa paxta tozalash” korxonasining zavod oldi, Аzizobod, Toshrabot, Xalqobod, Oʼrtachoʼl, Karmana va А.Navoiy hamda “Xatirchi paxta tozalash” korxonasining zavod oldi, J.Tursunov, H.Raximov, O.Ravshanov, Oʼzbekiston va Guliston nomli paxta qabul qilish maskanlaridagi oʼlchov vositalari ham taʼmirlanib, foydalanishga shay holatga keltirildi. Ular ham “Oʼzbekiston Milliy Metrologiya Instituti” davlat korxonasi Navoiy filiali tomonidan davlat qiyoslov koʼrigidan oʼtkazildi va joriy yilning 14 va 17 avgust sanalaridagi qiyoslash dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilib, sertifikatlar berildi. Shu bilan birgalikda tarozining toʼgʼri ishlashi hamda laboratoriyada oʼtkaziladigan barcha sinov jarayonlari va ularning natijalarini qayd qilinishida doimiy nazorat oʼrnatilgan.

 

 

-Пахта қабул қилиш масканларидаги ҳар бир жараён, ҳалоллик ва шаффофликка асосланган бўлиши лозим,- дейди “Ўзагроинспекция” вилоят бошқармаси меъёрий ҳужжатлар ижросини назорат қилиш, сертификатлаш ва метрология бўлими бош инспектори Улуғбек Юсупов. - Бу ҳосилни электрон тарозида ўлчашдан тортиб, унинг намлиги, синфи, нави, ифлослик даражасини аниқлашгача бўлган кетма-кетликни қамраб олиши зарур. Шу баробарида пахта килограммидан асоссиз чегирмаларга ҳам йўл қўйилмаслиги керак. Шунга кўра, мавжуд пахтани қабул қилиш масканларидаги ХКЗ190-А9 русумли 30 ва 60 тоннали автомобиль ҳамда электрон, ВК-600 русумли лаборатория тарозилари, ВХС-600 русумли пахта намлигини аниқлаш ускуналари ва бошқалар мавсумга шай ҳолатга келтирилди.

Олиб борилган бу каби назорат тадбирлари яқин қолган қизғин жараёнда пахта хомашёсига тўғри ва ҳаққоний баҳо берилиши ҳамда асосийси, фермернинг пахта сифат кўрсаткичларидан розилигини таъминлашда муҳим аҳамият касб этади.

“Ўзагроинспекция” Навоий вилоят бошқармаси матбуот хизмати

Text to speech