Ру Ўз O`z En

Paxta-2020: Xorazmda defoliatsiya oʼtkazishga tayyorgarlik boshlandi

21 Avgust 2020 3054

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining 2020 yil 18 avgustdagi I 46-sonli buyrugʼi ijrosi yuzasidan Inspektsiya viloyat boshqarmasi boshligʼining 2020 yil 19 avgustdagi 47-sonli buyrugʼi qabul qilinib ijrosi nazoratga olindi va viloyat hamda tuman ishchi guruhlari tuzildi.

Ishchi guruhiga defoliantlarni qoʼllash meʼyorlariga rioya etilishi va defolyatsiyani tavsiya etilgan muddatlarda sifatli amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish vazifasi topshirildi. Joylarda gʼoʼza defoliatsiyasini oʼtkazishga jalb etiladigan texnika vositalarini tayyorlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etmagan, shuningdek, mazkur tadbirni sifatli oʼtkazishda tavsiya etilgan muddat va meʼyorlarga rioya etmagan masʼullarga nisbatan javobgarlik choralarini koʼrish vazifasi belgilandi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi “2020 yilda gʼoʼza defoliatsiyasini muddatida va sifatli oʼtkazish yuzasidan kompleks chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 03/1-1747-sonli yigʼilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Xorazm viloyati hokimining .2020 yil 17 avgustdagi 307-son yigʼilish bayoni qabul qilinib “2020 yilda gʼoʼza defoliatsiyasini muddatida va sifatli oʼtkazish yuzasidan kompleks chora tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Unga asosan, viloyatda 2020 yilda yetishtirilgan 82757 gektar gʼoʼza maydonlarining holatidan kelib chiqib, 1321 ta fermer xoʼjaliklarining 71600 gektar maydonida defoliatsiya tadbiri oʼtkazilishi belgilangan boʼlib, fermer xoʼjaliklari kesimida defoliatsiya qilish ishlarini 05-15-sentyabr kunlari, (10 kun) muddatda tugatish belgilab olindi.

Shuningdek, mavsumda ishtirok etishi belgilangan 383 ta texnika va agregatlar markazlashgan holda tamirlash maskanlariga yigʼilib mavsumga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Defoliatsiyalash tadbiri 2 smenada olib borilishi belgilanib, tadbirda jami 383 ta purkagichlar (shundan 323 ta OVX va 60 ta VP-1)ga 2 tadan mexanizatorlar, shuningdek ayrim dalalarda foydalanish uchun 428 ta qoʼl apparatlari 74 ta otryadlarga biriktirilib "otryad-naryad" tizimi usulida ishni tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Bundan tashqari, defoliatsiya oʼtkazilishi rejalashtirilgan 71600 gektar gʼoʼza maydonlari uchun fermer xoʼjaliklari tomonidan “Аvguron ekstra”, “Suyuq XMD”, “UzDEF” va “PoliDEF” defoliantlarni sotib olish hamda dalaga sepish boʼyicha “Xorazmagrokimyohimoya” АJning tuman filiallari bilan shartnomalar tuzilgan.

“Xorazmagrokimyohimoya” АJning tuman filiallarida 64 ta ishchi eritmasi tayyorlash maydonchalari va 75 ta traktorlar ishchi eritma tashish sigʼimlari bilan tayyor defoliant eritmalarini gʼoʼza maydonlariga oʼz muddatida yetkazilishi belgilandi.

Shuningdek, gʼoʼza defoliatsiyasini tashkil etish va maqbul muddatlarda oʼtkazish boʼyicha “Yoʼl xarita”lari ishlab chiqildi.

Viloyatda defoliatsiyasini oʼtkazish ishlari “Oʼzagroinspektsiya” hududiy boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

 

“Oʼzagroinspektsiya” Xorazm viloyati boshqarmasi

Text to speech