Turkiya Paxta halqaro konsultativ qoʼmitasining maʼlumotiga koʼra 2019/2020 yillarda tola yetishtirish boʼyicha dunyoda oltinchi, isteʼmoli boʼyicha beshinchi va tola importi boʼyicha ham beshinchi oʼrinda turadi.
Turkiya paxta maydonlari boʼyicha 11 oʼrinda boʼlib, 2020 yilda 520 ming gektarda gʼoʼza yetishtirilgan, hosildorlik boʼyicha 5 oʼrinda, gektariga 1 567 tonna paxta tolasi olinadi.
Turkiya toʼqimachilik sanoati ehtiyojini taʼminlash maqsadida yetishtirilgan paxtadan tashqari 1 mln. tonnaga yaqin paxta tolasini horijiy davlatlardan import qiladi. Jumladan 2019 yilda 935 ming tonna paxta tolasi import qilingan. Shunga qaramasdan 87 ming tonnasi eksport qilingan.
Turkiyada paxta dehqonchilik qilinadigan hududlarning 2,5 da, asosan uchta hududda, Janubiy-Sharqiy Аnatoliya, Chuqirova hamda Egey hududlarida yetishtiriladi.
1990-yillardan buyon paxta tolasi erkin savdo qilinadi, paxtani chuqur qayta ishlash sohasi rivojlangani, ichki talab taklifdan yuqori boʼlgani tolaning ichki narxini halqaro narxlar darajasida shakllanish imkonini beradi.
Davlat paxta tolasini eksporti va imortini kvotalash, import uchun mahsus 3% soliq solish orqali tartibga soladi. Аgar import qilinayotgan paxta tolasi, paxta kalavasi qayta ishlanib, eksport qilinsa ushbu miqdordan 3 % lik soliq undirilmaydi. Bu imtiyoz АQShdan import qilingan tola uchun tadbiq etilmaydi.
Paxta xom-ashyosi kooperativlar, sotuvchilar, qayta ishlovchilar tomonidan xarid qilinib, kooperativlarga qarashli yoki shaxsiy paxta tozalash korxonalarida qayta ishlanishi mumkin. Shuningdek fermer xoʼjaliklari ixtiyoridagi paxta xom-ashyosi ushbu korxonalarda “tegirmon” usulida qayta ishlanishi mumkin.
Turkiyada paxta yetishtirishda kooperativlarning oʼrni muhim. Kooperativlar Turkiyada 1923 yilda davlat tashabbusi asosida tashkil etilishni boshlangan hamda 2011 yilda iqtisodiyotning barcha sohasida 26 hildagi 84 232 ta kooperativ faoliyat yuritgan.
2000-yilgacha paxtani sotish boʼyicha kooperatsiyalar ASC (Agricultural Sales Cooperative) fermer xoʼjaliklari tomonidan tashkil etilgan. Sohani rivojlantirish boʼyicha davlat dasturlari ushbu kooperativlarning uyushmasi (ASCU) orqali amalga oshirilgan.
Hozirda paxta yetishtiruvchi 3 ta yirik hudud- Egeyda TARİŞ Pamuk, Chuqurova hududida ANTBİRLİK va Janubiy-Sharqiy Аnatoliya hududida GAP Birlik paxta tolasini sotish boʼyicha kooperativlar uyushmasi faoliyat yuritadi.
Turkiyada kooperativlar jami paxta xom-ashyosini 30 foiziga yaqin miqdorini sotib olib, ular qayta ishlangan paxta tolasi, chigit, momiq, paxta kalavasi va ikkilamchi chiqindilarni sotish bilan shugʼullanadi.
Paxta tolasi toylari ishlab chiqaruvchi paxta tozalash korxonalari uchun ayrim texnik talablar, jumladan paxta tozalash korxonalarida paxta xom-ashyosini qayta ishlash uchun zarur mashina va apparatlar, tolani tasniflash boʼyicha, oʼrash, markalash boʼyicha talablar “Tolani sertifikatlash haqida qaror” (mahsulot havfsizligi va inspektsiyasi: 2012/27) bilan tartibga solinadi.
Unga koʼra har bir paxta tozalash korxonasida klasyorlik xonalari boʼlishi zarur hamda klassyorlik xonalari ushbu qarorda belgilangan talablarga javob berishi kerak.
Paxta tolasini tasniflash АQSh paxta tolasini tasniflash tizimi bilan uygʼunlashtirilgan. Tolani sifat koʼrsatkichlari boʼyicha amadagi rasmiy tasniflash 2009 yilda qabul qilingan.
Turkiyada ishlab chiqariladigan paxta tolasining 95 % klassyorlik usulida, faqat 5% HVI tizimlarida aniqlangan sifat koʼrsatkichlari asosida sotiladi.
Turkiyada paxta tolasini sifati va miqdori boʼyicha “havfni tahlil” qilish tizimi joriy etilgan.
Paxta tolasini nazorat 1953 yilda qabul qilingan “Paxta tolasini nazorat qilish haqida” qonun bilan tartibga solinadi. Nazorat sertifikati boʼlmagan toylangan paxtani sotish va sotib olish taʼqiqlangan, shuningdek ushbu tola toylari markalanishi kerak.
Nazorat sertifikati mavjud paxta tolasi tashqi savdo vazirligi tomonidan tolaning saqlanish joylarida nazorat qilinishiga ruxsat berilgan.
Ushbu qarorning ijrosi doirasida 2012 yilda “Paxta tolasini nazorat qilish ( Mahsulotni inspektsiya qilish va havfsizligi 2012/25) qaror qabul qilingan.
Unga koʼra toylangan paxta tolasi ishlab chiqaradigan paxta tozalash korxonasi shtatida paxta tolasi klassifikatori boʼlishi kerak. Klassifikatorlarning malakasi va bilimi Turkiya Savdo vazirligining hududlardagi Mahsulotlarni inspektsiya qilish va havfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan tekshiriladi va tasdiqlanadi.
Paxta tozalash korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan toylangan paxta -tashqi savdoda risklarni boshqarish tizimida TAREKS roʼyxatdan oʼtkaziladi. Bunda toylangan paxta tolasining miqdori, tolaning navi, sinfi, shtapelь uzunligi kabi koʼrsatkichlar tizimga klassifikator tomonidan kiritiladi.
Paxta zavodining klassifikatori ushbu maʼlumotlarni tizimga kiritgach, oʼrnatilgan tartibda mustaqil nazorat qilish uchun buyurtma beradi.
Savdo vazirligining paxta inspektori ushbu buyurtma asosida paxta tolasi toʼdasi toylarini nazoratdan oʼtkazadi. Аgar zavod tomonidan tizimga kiritilgan tolaning navi va sinfi toʼgʼri tasniflangan taqdirda paxta inspektori tomonidan nazorat sertifikati beriladi.
Paxta tolasi toylariga toyni nazoratdan oʼtkazgan klassifikator va inspektorning muhrlari ham markalanadi.Nazorat sertifikatining muddati 1 yil deb belgilangan.
Import qilinayotgan paxta tolasi ham Savdo vazirligi inspektorlari tomonidan huddi shu tartibda nazorat qilinadi. Bunda ular import qiluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi tolaning sifat koʼrsatkichlarini toʼgʼriligini tekshiradilar.
Turkiya qonunchiliga koʼra paxta tolasining namligi 8,5% dan yuqori boʼlmasligi kerak.
Paxta tolasining sifati boʼyicha ariza va shikoyatlar doirasida Savdo vazirligining hududiy direktsiyasi tomonidan vakolat berilgan komissiya tekshirishlar oʼtkazish, paxtani qayta ishlash, presslash jarayonini, omborlarni tekshirish va namunalar olish huquqiga egadir.
Paxta tolasi Turkiya iqtisodiyoti uchun juda muhim xom-ashyo hisoblanadi. 2017 yilda Turkiya toʼqimachilik va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati jami 61 mlrd.АQSh dollariga teng mahsulot ishlab chiqargan. Mahsulot ishlab chiqarish qiymatiga koʼra 2-oʼrindagi sanoat tarmogʼi deb baholangan. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 44% yoki jami 25 mlrd. АQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan.
Ushbu soha jami 992 ming kishini ish oʼrni bilan taʼminlagan. Bu Turkiyadagi jami qayta ishlash sanoatida yaratilgan ish oʼrinlarining 25 foizini tashkil etadi.
Paxta tolasini sifatini aniqlash va nazoart qilishning amaldagi tizimi ushbu muhim sanoat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik faoliyati subʼektlari uchun sifatli mahsulot yetkazib berishda muhim oʼrin tutadi.
Mamadalieva Shoiragul, Paxta xom-ashyosi va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi bosh inspektori