Ру Ўз O`z En

Pop tumanida "Yoshlar daftari"ga roʼyxatga olingan hududning har-bir yoshlari uchun yer ajratilib berildi

9 Fevral 2021 2376

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida shu yilning 27 yanvarь kuni oʼtkazilgan videoselektorda yoshlar bandligini taʼminlash borasida bergan topshiriqlari ijrosini bajarish maqsadida, 5 fevralь kuni Namangan viloyatining Pop tumani 1-sektor hududida “Yoshlar daftari”ga roʼyxatga olingan har bir yosh uchun 25 sotixdan yer ajratilib berildi.

Hududda ajratilgan dastlabki yer maydoni 19 gektarni tashkil qilib, 76 nafar yoshlarni bandligi taʼminlandi. Bu hudud yoshlarining 64,9 foizini tashkil qiladi.

Taʼkidlash joiz, Bugungi kunda tumanda istiqomat qilayotgan yoshlardan 3 ming 760 nafari ishsiz yoshlarni tashkil etadi. Bandligi taʼminlanmagan yoshlarni dexqonchilik qilishlari uchun yer maydonlari ajratish boʼyicha xisob-kitob qilindi. Jumladan, 1290 gektar paxta ekiladigan maydonlardan, 139 gektar, bogʼdorchilik-uzumchilik maydonlaridan, 162 gektar sabzavotchilik-polizchilik maydonlaridan, 309 gektar chorvachilik maydonlaridan boʼlib jami tuman boʼyicha 1900 gektar ekin yer maydonlari ajratib beriladi. Ushbu ajratiladigan yer maydonlari hisobiga oʼrtacha 25 sotixdan berilganda 7 ming 600 nafar yoshlarni ish bilan bandligi taʼminlanadi.

Аhamiyatli jihati, qishloq xoʼjaligida yosh talabgorlarga ajratiladigan yerlardan samarali foydalanish, eksportbop va serdaromad ekinlarni yetishtirish boʼyicha tushuntirish ishlarini olib boirsh ularning ishlarini doimiy muvofiqlashtirish maqsadida viloyat va tuman ishchi guruhlari tuzildi. Ushbu ishchi guruhi tomonidan qisqa fursat ichida qishloq xoʼjaligida faoliyat yuritish istagi boʼlgan yoshlarga yer maydonlarini ajratish, yerlardan samarali foydalanish imkoniyatiga ega, mehnatga layoqatli yoshlarning har bir mahalla fuqarolar yigʼinlari kesimida aniq roʼyxati shakllantirilmoqda.

Oʼziga xos tajriba sifatida yoshlarga qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida ajratiladigan ekin maydonlarini aholi yashaydigan qishloq hududlariga yaqin joydan tanlanyapti:

yoshlarga qishloq xoʼjaligi ekinlari ekish uchun fermer xoʼjaliklari va boshqa qishloq xoʼjaligi korxonalari yerlaridan ijaraga beriladigan konturlarni aniqlash;

konturlarga joylashtirilgan qishloq xoʼjaligi ekin maydonlarida mahsulot yetishtirish;

yoshlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni oʼrib-yigʼib olishga koʼmaklashish kabi vazifalar ijrosini taʼminlash choralari koʼriladi.

Shu bilan birga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining hududiy boʼlimlariga har bir yoshlarga ajratib berilgan ekin maydonlaridan maqsadli foydalanish va ekinlarni parvarishlash jarayonlarini, shu jumladan ekin yerlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar va ekinlarning holatini muntazam ravishda kuzatib borish hamda ularning mavjud muammolarini hal etish choralarini koʼrish vazifasi topshirildi.

Ilhomjon Musaev, “Oʼzagroinspektsiya”ning Namangan viloyati boshqarmasi Аxborot xizmati

Text to speech