Ру Ўз O`z En

Press tur: Samarqandda 90 ming gektardan ortiq yer maydonida takroriy ekinlar yetishtirilmoqda

13 Sentyabr 2024 1121

Ichki va tashqi bozorni arzon hamda sifatli qishloq xo‘jaligi va oziq ovqat mahsulotlari bilan yetarli ravishda taʼminlash borasida Samarqand viloyatida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda

Qishloq xo‘jaligi ekinlarida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi mo‘l hosil yetishtirishda muhim ahamiyatga ega. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan press tur, g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida takroriy ekinlar yetishtirilishi va agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishiga bag‘ishlandi.

O‘tkazilgan press-tur tadbirida matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijtimoiy tarmoqlar blogerlari va soha mutasaddilari ishtirok etishdi.

Dastlab yig‘ilganlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga mo‘ljallangan asosiy yer maydonlari bilan bir qatorda g‘alladan bo‘shagan yerlarda yetishtirilayotgan takroriy       ekinlar parvarishida agrotexnika tadbirlarning bajarilishi xususida maʼlumot berildi.

Taʼkidlanishicha, aholi va ichki, tashqi bozor talab va taklifidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi hamda oziq ovqat mahsulotlarini yetishtirish katta ahamiyatga ega.

Shu maqsadda viloyat tumanlarida 2024-yil hosili uchun jami 90 ming 450 gektar  g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekinlar ekilgan. Shundan, 4 ming 52 gektar sabzavot, 15 ming gektar kartoshka, 35 ming 96 gektar dukkakli va 36 ming 303 gektar oziqa ekinlari parvarishlanib, ushbu maydonlardan 478 ming 873 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilmoqda.

2024-yil hosili uchun ekilgan takroriy maydonlarda Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan 870 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. bo‘lib, aniqlangan huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan 16 ta taqdimnoma kiritilib, dehqon va fermer xo‘jaliklari, klaster korxonalari rahbarlariga 624 ta ogohlantirish hamda 230 ta yozma ko‘rsatmalar berildi,-dedi Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi Shaxriddin Butunov.

Bulung‘ur tumanida 2024-yil hosili uchun jami 6 ming 70 gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydoniga takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan. Shundan, 282 gektar sabzavot, 4 ming 200 gektar kartoshka, 872 gektar dukkakli va 716 gektar oziqa ekinlarini tashkil etadi.

2024-yil hosili uchun ekilgan takroriy maydonlarda Inspeksiyaning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilib, bugungi kunda barcha agrotexnik tadbirlari o‘z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirilmoqda.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha bo‘lim tomonidan 182 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida va sifatli tarzda bartaraf etilmoqda.

Takroriy ekinlar yetishtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, g‘alladan bo‘shagan yer maydonlaridan unumli foydalanib, axoli farovonligini taʼminlashdan iborat. 

 

Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi

Text to speech