Surxondaryo viloyatida 2024-yil g‘alla hosili uchun ekish maqsadida joriy yil g‘alla hosilidan bug‘doyning asosan viloyat tuproq-iqlim sharoitiga mos «Alekseich», «Antonina», “Asr”, “Bunyodkor”, “Vassa”, «Grom», «Gurt», «Tanya», «Timiryazevka-150» va boshqa navlaridan jami 20 ming 318 tonna urug‘lik don jamg‘arildi.
Jamg‘arilgan urug‘liklar hozirgi kunda «Surxondaryodonmahsulotlari» AJ va «Sho‘rchidonmahsulotlari» AJga qarashli don qabul qilish shoxobchalarida
15 ming 696 tonna, 5 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklarida 589 tonna va “Jarqo‘rg‘on Best Seeds” MCHJda 4 ming 33 tonna urug‘lik bug‘doy nav va avlodlari bo‘yicha alohida to‘dalarda saqlanmoqda.
2023-yil 1-avgust kuni «Sho‘rchidonmahsulotlari» AJ ga qarashli urug‘lik saralash va dorilash sexida “2024-yil hosili uchun ekish maqsadida boshoqli don ekinlari urug‘larini tozalash, saralash, dorilash va uni saqlash hamda kuzgi boshoqli don ekinlari ekishni uyushqoqlik bilan o‘tkazish” masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda viloyat hokimi U.Qosimov ishtirok etib, qishloq xo‘jaligi tizimidagi barcha tashkilotlarga viloyatda ekiladigan 89 ming 325 gektar maydonni sifatli boshoqli don ekinlari urug‘lari bilan taʼminlash, ekish mavsumini qisqa muddatlarda va samarali o‘tkazish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Jamg‘arilgan urug‘lik bug‘doyni tozalash, saralash va dorilash bo‘yicha grafik ishlab chiqilib, viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlandi.
Grafikka asosan urug‘lik partiyalarini saralash va dorilash ishlari viloyatda ruxsat etilgan 8 ta urug‘lik sexlarida, jumladan «Surxondaryodonmahsulotlari» AJga qarashli Muzrabot urug‘lik sexida 1763,4 tonna, Termiz urug‘lik sexida 1850,8 tonna, Sherobod urug‘lik sexida 2521,4 tonna, «Sho‘rchidonmahsulotlari» AJga qarashli Sho‘rchi urug‘lik sexida 4407,4 tonna, Denov urug‘lik sexida 2239,2 tonna, S.Raximov urug‘lik sexida 1022,3 tonna, Sariosiyo urug‘lik sexida 1891,7 tonna, Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli “Jarqo‘rg‘on Vest SEEDS” MCHJda 4622 tonna urug‘lik bug‘doy saralanib dorilanishi belgilangan.
Urug‘liklarni tayyorlash ishlari grafik bo‘yicha amalga oshirilishi hamda sifatli saqlanishi, ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha muvofiqligi to‘g‘risidagi sertifikatlangan urug‘lik donlarni ekish uchun tarqatish va ekish ishlari «O‘zagroinspeksiya»ning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
«O‘zagroinspeksiya»ning Surxondaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati.