Boshoqli don ekinlaridan sifatli va mo‘l hosil olishda ularning biologik xususiyatlari, maqbul parvarishlash agrotexnik tadbirlari va ekin maydonlarini zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilish muhim omillardan hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyatida 2025-yil urug‘lik g‘alla hosili uchun jami 299 nafar subyektlar tomonidan 8608 gektar maydonlarda urug‘lik uchun g‘alla parvarishlanmoqda.
Viloyatda 2025-yil urug‘lik g‘alla hosili uchun fermer xo‘jaliklari tomonidan bug‘doyning “Xisorak’, “Alekseich”, “Krasnodar-99”, “Asr chilgisi”, “Vexa”, Pervitsa”, “Shukrona”, “Antonina” navlari hamda “Koson EUX” tomonidan “Davr” va “Shkola” navlari yetishirilmoqda.
Shuningdek, hozirda ushbu urug‘lik g‘alla maydonlarida xo‘jaliklar tomonidan mineral o‘g‘itlar gektariga 800 kgdan oziqlantirildi va gektariga 5 tonnadan mahalliy o‘g‘itlar chiqarilib, sug‘orish ishlari sharbat usulida amalga oshirildi.
Ayni kunlarda g‘allani rivojlanishini tezlashtirish va kasalliklarga chidamliligini oshirish maqsadida azotli o‘g‘itlar va biostimulyatorlar yordamida o‘simlikning bargidan suspenziya usulida oziqlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Urug‘lik g‘alla maydonlari boshoqlash fazasida rivojlanmoqda. Urug‘lik maydonlaridan sifatli urug‘lik don yetishtirilishini ta’minlash maqsadida “O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlarining qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish mutaxassislari tomonidan belgilangan agrotexnik tadbirlarni muddatlarida va sifatli bajarilishini nazorat qilish maqsadida har 15 kunda monitoring kuzatuv ishlari olib borilmoqda.