Soha faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, bugungi kunda "O‘zagroinspeksiya" qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish va ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Inspeksiyaning Rishton tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning avgust oyi davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 3 nafar fermer xo‘jaligi rahbarlariga nisbatan mamuriy jarimalar qo‘llanildi.
Jumladan, Rishton tumanidagi Istiqlol MMTP hududidagi “Ziyoxiddin ota lochini” fermer xo‘jaligining 604, 637,658-konturdagi 12,17 gektar yer maydoniga chorvachilik ozuqasi uchun ekinlar ekilishi belgilangan bo‘lsada, ushbu maydonlarga mevali ko‘chatlar ekib olinganligi aniqlandi.Bundan tashqari, Yoyilma MMTP hududidagi “Sultonov Quvondiq” fermer xo‘jaligining 56-konturidagi 6 gektar yer maydoniga 2024 yil hosili uchun paxta ekish rejalashtirilgan bo‘lsada, ushbu yer maydonning 3 gektar qismiga sholi ekib olinganligi maʼlum bo‘ldi.Shuningdek, T.Axmedov MMTP hududidagi “Sherzod Bekzod gavhari” fermer xo‘jaligining 97-konturidagi yer maydonining 0,11 gektar qismiga shlakoblok ishlab chiqarish sexi qurib olib, hech qanday hujjatlarsiz foydalanib kelgan.
Inpeksiyaning Rishton tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksining 65-moddasiga asosan yer egalariga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.
"O‘zagroinspeksiya" Rishton tumani bo‘limi