Xalqimiz orasida “Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lar” degan hikmat bejizga aytilmagan. Ayni kunlarda dalalardagi ishlarni yakuniga yetkazayotgan dehqonu fermerlar kelgusi yil tayyorgarligini boshlab yuborganlar. Joylarda bahorgi mavsumda ishtirok etadigan texnika vositalarini taʼmirlash ishlari boshlandi.
Mirishkor tuman “Agroservis MTP” MCHJda “O‘zagroinspeksiya” ning viloyat boshqarmasi boshlig‘i F. G‘ulomov, tegishli tashkilotlar va fermerlar ishtirokida o‘quv amaliy seminari o‘tkazildi.
Texnikalarni tumandagi 3 ta taʼmirlash maskanlariga yig‘ish chora-tadbirlari ko‘rilgan.
Seminarda Inspeksiyaning Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish inspektorlariga texnikalarni taʼmirlash jarayonida nazorat ishlarini olib borish, taʼmirlash sifatiga alohida eʼtibor qaratish hamda taʼmirdan chiqqan texnikalarni qabul qilib olish yuzasidan hujjatlarni yuritilishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
“O‘zagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati