Ру Ўз O`z En

QАShQАDАRYoDА 9 MINGDАN OShIQ QIShLOQ XOʼJАLIGI TEXNIKАLАRI ROʼYXАTDАN OʼTKАZILGАN

10 Dekabr 2020 2521

Maʼlumki, qishloq xoʼjaligi texnikalarini roʼyxatdan oʼtkazish, ularning aniq roʼyxatini shakllantirish va mavsumga tayyorgarligi boʼyicha nazoratni amalga oshirish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining vazifalaridan biri hisoblanadi.

Аyni paytda, bu borada Inspektsiyaning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xoʼjaligi, melioratsiya va yoʼl-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 325-sonli qarori ijrosini oʼz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida oʼtgan hisobot davrida boshqarma tomonidan viloyatda jami 9 ming 44 dona qishloq xoʼjaligi texnikalari toʼliq roʼyxatdan oʼtkazildi. Jumladan traktor va oʼziyurar mashinalar 4814 ta, 2410 ta tirkamalar hamda qishloq xoʼjaligi mashinalari va agregatlari ni tashkil etadi. Oʼtgan davr mobaynida 6968 ta davlat raqamlari, 7805 ta texnik pasport, 1998 ta texnik guvohnoma, 2132 ta traktorist-mashinist guvohnomasi berilgan.

Texnikasi mavjud boʼlgan yuridik va jismoniy shaxslarga jami 3 mlrd. 467 million soʼmlik davlat xizmatlari koʼrsatilib, 14 ming 848 dona traktor, qishloq xoʼjaligi mashina mexanizmlari, yoʼl qurilish va meliorativ texnikalar majburiy yillik texnik koʼrikdan oʼtkazilgan.

Texnikalardan foydalanishda huquqbuzarlikka yoʼl qoʼygan 114 nafar fuqaroga nisbatan tegishli maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, belgilangan tartibda jarimalar undirildi.

Misol uchun, Muborak tumani “Sariq” MFY hududida yashovchi fuqaro B. Xushvaqtovga tegishli T-28X4MS rusumli traktor, shu tumandagi "Chorvador" MFY hududida yashovchi fuqaro V. Yaxshiboevga tegishli T-40 rusumli traktor, shuningdek "Paxtakor" MFY hududida yashovchi fuqaro I. Kattaboboevlarga tegishli traktorlarni texnik holati tekshirilganda, Oʼzbekiston Respublikasi MJtK ning 112-moddasi talablarini buzganligi aniqlanib bayonnoma tuzilgan.

Inspektsiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan qishloq xoʼjaligi texnikalarini roʼyxatdan oʼtkazish bilan bir qatorda, ularni texnik nazoratdan oʼtkazish, mavsumga tayyorlash ishlarini sifatli amalga oshirish borasida ham belgilangan tartibda ishlar olib borilmoqda.

N. NАVROʼZOV,“Oʼzagroinspektsiya” ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

Text to speech