Har bir sohada qonun hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida, so‘zsiz ta’minlanishi o‘sha soha taraqqiyotiga, rivojiga xizmat qiladi. Keyingi yillarda yurtimizda qishloq xo‘jaligini riovjlantirish, tarmoqda tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasining Namangan viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan ham sohaga oid qonunlar ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan joriy yilning 11 oyi mobaynida o‘tkazilgan 2354 ta tekshirish va monitoringlar natijasiga ko‘ra, 2636 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan joylarga 219 ta taqdimnoma kiritilib, qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ymaslik xususida 3920 nafar shaxslarga rasman ogohlantirish berildi.
Bundan tashqari, tegishli tashkilotlarga 2370 ta ko‘rsatmalar kiritilib, natijasi bo‘yicha 477 ta fermer xo‘jaliklarining 38 mlrd 564 mln so‘m mablag‘lari undirildi va buzilgan huquqlari tiklangan bo‘lsa, inspeksiya tomonidan 1653 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi hamda 241 ta ma’muriy sudlarga, 12 ta prokuratura organlariga taalluqliligi bo‘yicha materiallar yuborildi.
Qo‘llanilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar natijasiga ko‘ra, 386 million 422 ming so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, ulardan unduruv muddati kelgan 343 million 145 ming so‘mi undirildi.
Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan viloyatda Suv resurslaridan oqilona foydalanishni ahvoli o‘rganib borilmoqda.
Joriy yil davomida o‘tkazilgan 676 ta nazorat tadbirlari davomida jami 34 ta tekshirish, 642 ta monitoringlar o‘tkazilib, jami 705 ta holatda suvga oid qonunbuzilish aniqlandi.
Mazkur holatlar bo‘yicha inspeksiya tomonidan 544 nafar huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy, tegishli tashkilot va korxonalarga 95 ta yozma ko‘rsatma, 20 ta taqdimnomalar kiritigan bo‘lsa, 227 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida ogohlantirildi.
Bundan tashqari, 46 nafar huquqbuzarlarga nisbatan yuritilgan ma’muriy materiallar taalluqliligi bo‘yicha ko‘rib chiqishlik uchun sudlarga yuborildi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan maqsadli foydalanish sohasida Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan joriy yilda jami 505 ta nazorat tadbirlari, shundan 79 ta tekshirish va 426 ta monitoringlar o‘tkazilib, 551 ta huquqbuzarliklar aniqlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan inspeksiya tomonidan 340 nafar huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy, tegishli tashkilot va korxonalarga 21 ta taqdimnomalar kiritigan bo‘lsa, 117 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida ogohlantirildi.
Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 177 ta sudlarga hamda 12 ta prokuratura organlariga to‘plangan hujjatlar taalluqliligi bo‘yicha yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablaridan kelib chiqib, boshqarmaning Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish bo‘limi va tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan texnikalar 3719 tani, shundan traktor va o‘zi yurar 2212 ta, tirkama 531 ta, qishloq xo‘jalik mashinalari 972 elektron bazasi shakllantirildi.
Ma’lumot uchun: Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgani 1395 ta shundan traktor va o‘zi yurar 731 ta, tirkama 358 ta, qishloq xo‘jalik mashinalari 306 ta, berilgan davlat raqami 3286 ta, texnik pasport 4190 ta, berilgan texnik guvohnoma 1129 ta, berilgan traktorchi mashinist guvohnomasi 1677 ta, ro‘yxatdan chiqarildi 816 ta, hisobdan 129 tasi chiqarilgan.
Shuningdek, inspeksiya tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan davlat hizmatlari hisobidan budjet hisobiga hisobiga 2 mlrd 843,4 mln ming so‘m pul mablag‘larini undirilishi ta’minlandi.
I.Nabiev, Inspeksiyaning Namangan viloyat boshqarmasi tashkiliy nazorat va tahlil bo‘limi bosh inspektori