Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimi rivojlantiriladi - Hukumat qarori loyihasi

6 Iyul 2020 7014

Agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Quyidagilar:

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini yaratishda 2020-2021 yillarda amalga oshiriladigan bosqichlar;

Agrosanoat majmuida yagona integratsion platforma axborot tizimi hamda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini rivojlantirish chora-tadbirlar rejasi;

Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan ma’lumotlarini elektron almashinuvi joriy qilishga mas’ul vazirliklar va tashkilotlar ro‘yxati;

Axborot tizimlarning o‘zaro almashinuv tartibi;

“Aqlli qishloq xo‘jaligi”ni texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturi;

2021 – 2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

2020 yilda O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini hududlar kesimida keng joriy qilish manzilli ro‘yxati tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda Yagona integratsion platforma axborot tizimiga avtomatlashgan tizimlari orqali agrosanoat va oziq-ovqat sohaga oid ma’lumotlarining tarkibi va taqdim etish qoidalarini belgilash vakolati beriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “AGROSERVISINFO” korxonasi (Markaz) Agrosanoat majmuida yagona integratsion platforma axborot tizimi yuritilishi uchun mas’ul tashkilot sifatida belgilash taklifiga rozilik beriladi.

 

Belgilanishicha:

Markaz agrosanoat majmuida yagona integratsion platforma axborot tizimi (“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi) yuritilishi uchun mas’ul tashkilot;

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi davlat organlarining axborot tizimlarining tarkibiga kiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimining va Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi dasturiy-texnik kompleksini uzluksiz ishlashini ta’minlash; 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va uzluksiz ishlashini ta’minlash;

Qishloq xo‘jaligi vazirligining elektron tizimining markazlashtirilgan elektron arxivini yuritish;

agrosanoat majmuiga taalluqli barcha vazirlik, davlat idoralari va tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini loyihalashtirish va ushbu tarmoqni uzluksiz ishlashini ta’minlash;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida ushbu imkoniyatlardan foydalanishni keng targ‘ib qilish;

qishloq xo‘jaligi korxonalariga interaktiv davlat xizmatlaridan, jumladan, internet tarmog‘idagi shaxsiy kabinet orqali foydalanishda ko‘maklashish;

“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarni joriy etish uchun texnologik sharoitlarini yaratish;

agrosanoat majmuida dasturiy majmualarini ishlab chiqish va tatbiq etish, yagona integratsion platforma axborot tizimi ish faoliyatini, ochiq turdagi ma’lumotlardan belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlash;

axborot xavfsizligini ta’minlashni amalga oshiruvchi texnik va dasturiy vositalarni joriy etish, axborot xavfsizligi bo‘yicha xavflarni aniqlash va oldini olish;

hisoblash, aloqa va tashkiliy texnika vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va tiklashga doir xizmat ko‘rsatish.

Markaz Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashtiriladi.

 

Text to speech