Ру Ўз O`z En

QONUN USTUVORLIGI TA’MINLANMOQDA

12 Oktyabr 2020 2334

“O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan 2020 yil 9 oyi davomida ma’muriy amaliyot sohasida  jami bo‘lib 1057 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo‘zg‘atilgan. Shundan 857 tasi tuman bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 193 tasi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun tegishliligi bo‘yicha tuman ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga va qolgan 7 ta material qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Sudlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarliklarning 170 tasi tadbirkorlar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Jumladan, joriy yilning iyul oyida viloyatning Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan “Muzaffar Agro Grup” fermer xo‘jaligining 2020 yil hosili uchun g‘alla joylashtirilishi rejalashtirilgan yer maydonlarida o‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra, Yangihayot  hududidagi  “Muzaffar Agro Grup” fermer xo‘jaligining amaldagi 236.2 gektar sug‘oriladigan yer maydoniga 160.0 gektar boshoqli (bug‘doy) ekin va 50.0 gektar dukkakli ekin, 10.3 gektariga moyli kungaboqar, 13.0 gektariga poliz va 2 gektar ozuqa ekilishi rejalashtirilgan bo‘lsada, “Agrobank” ATBning fermer xo‘jaligiga “G‘alla-2020 yil” uchun ajratilgan jami 382 mln 085 ming so‘mlik kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanib, ushbu pul mablag‘larini boshqa turdagi ekinlarni parvarish qilish uchun yo‘naltirib talon-taroj qilganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borishlik uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Soha yo‘nalishlari bo‘yicha bajarilgan ishlar jumladan, paxta xom ashyosi, don urug‘lari, ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirish  yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘limlar tomonidan 20 ta ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan, paxta xom ashyosi, don urug‘lar va undan qayta ishlangan mahsulotlardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘limlar tomonidan 2 ta ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan, shundan 1 tasi sudga yuborilgan, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikasi holatlari, agrotexnik tadbirlarning o‘tkazilishi yo‘nalishi bo‘yicha 502 ta ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilib, bo‘limlar tomonidan ko‘rib chiqilgan, 2 ta ma’muriy ish sudga yuborilgan, chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish yo‘nalishi bo‘yicha 1 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha 178 ta ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilib, bo‘limlar tomonidan ko‘rib chiqilgan va 23 ta ma’muriy ish sudga yuborilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha 298 ta ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan. Shundan bo‘limlar tomonidan 147 ta ish ko‘rib chiqilgan va 151 tasi ma’muriy sudlarga yuborilishi ta’minlangan.                                               

   S.Sadikov, “O‘zagroinspeksiya” Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Text to speech