Ру Ўз O`z En

QONUNGA AMAL QILMAGAN JARIMA TO'LAYDI

4 Iyun 2020 2902

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya”ning Navoiy viloyat boshqarmasi Navbahor tuman bo‘limi tomonidan ham bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Xususan, tumanda faoliyat yuritib kelayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan va yerlardan foydalanuvchilar, ya’ni
15 nafar fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslariga nisbatan suv va yerlardan xo‘jasizlarcha, o‘zboshimchalik bilan foydalanish holatlari aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli bandlari bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi va Sud tartibida jarimalar belgilanib, to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzib, suvdan xo‘jasizlarcha foydalangan 1 nafar fermer xo‘jaligi rahbari va 2 nafar fuqaroga, shuningdek, fermer xo‘jaligi rahbarlari tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 48-moddasida belgilangan  sug‘oriladigan maydonlarni meliorativ holatini yanada yomonlashishiga olib kelgan va tuproqning unumdor qatlamni pasayishiga sababchi bo‘lgan 16 nafar fermer xo‘jaligi rahbariga ham belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rildi.

Ayniqsa, “Navbahor Agro Pilla” MChJga qarashli “Oq oltin”, “Beshrabot”, “Yangi Qo‘rg‘on” MFY hududlarida joylashgan tutzorlar maydonlarini noqonuniy egallab olgan 5 nafar fuqaroga nisbatan ham O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi
2-qismi bilan  ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, ularning har biridan 223 ming so‘mdan jarima  undirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, “Navbahor Agro Pilla” MChJ rahbari nomiga taqdimnoma kiritilib, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘yganligi va chora ko‘rmaganligi uchun korxona mansabdor shaxslariga nisbatan MJtKning 601-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

 

 

Text to speech