Ру Ўз O`z En

URUG‘LIK G‘ALLA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLARNING SIFATLI BAJARILISHI INSPEKSIYA NAZORATIDA

1 May 2025 57

Mamlakatimizning sug‘oriladigan maydonlarida yetishtirilayotgan bug‘doy navlarini ularning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda joylashtirish, yerni va urug‘ni ekishga tayyorlash, ekish usuli, me’yori va muddatlari, organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sug‘orish, begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, kuzgi bug‘doy don hosildorligini oshirish maqsadida navlarni to‘g‘ri tanlash, saralangan yuqori sifatli urug‘larni ekish talab etiladi.

Joriy yilda  Qoraqalpog‘iston Respublikasida urug‘lik g‘alla yetishtirish maqsadida tanlov g‘olibi deb topilgan 149 ta fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 5 ming 62 gektar maydonlarda hosildorligi yuqori bo‘lgan urug‘lik g‘alla navlari ekib  parvarish qilinmoqda..

Xususan,  yuqori hosil beradigan “Vassa”, “Asr”, “Zimnitsa”, “Vexa”, “Andijon-2”, “Seberbash”, “Antanina”, “Qadr”, “Aleksevich”, “Grom”, “Drujba”, “Gurt”, “Utkir”, “Ultra”, “Graf” va “Yaksart” navlaridan ekilgan.

Ushbu urug‘lik g‘alla maydonlarida ekishdan tortib to shu bugungi kunga qadar azotli, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itla bilan oziqlantirish ishlari hamda  mahalliy go‘ng bilan sharbat usulida sug‘orish ishlari “O‘zagroinspeksiya”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va ta’minotini nazorat qilish sho‘basi hamda tuman inspektorlari tomonidan kunlik nazorat qilib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davomida urug‘lik g‘alla maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarni sifatsiz bajargan subyektlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilishi ta’minlandi.

Bugungi kunda “O‘zagroinspeksiya”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan urug‘lik g‘alla maydonlarida begona nav, begona o‘t aralashtirmaslik, nav tozaligini saqlash bo‘yicha ham tegishli ravishda ta’sirchan choralar ko‘rib borilmoqda.

Maqsad, sara urug‘ jamg‘arish.

“O‘zagroinspeksiya”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish sho‘basi bosh mutaxassisi.T.ASKAROV

 

Text to speech