2023 yil hosilidan don qabul qilish maskanlari va ularning ochiq maydonlariga qabul qilingan g‘allani don qabul qiluvchi korxonalarining elevator va yopiq sig‘imlariga o‘z vaqtida kiritilishi Inspeksiya tomonidan qatʼiy nazoratga olingan. Shuningdek, Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarining tegishli mutaxassislari ushbu tadbirlar bajarilishini nazoratga olish bo‘yicha kunlik maʼlumotlar olib bormoqda.
2023 yil g‘alla hosilidan respublika bo‘yicha jami 2 mln. 605 ming 328 tonna don jamg‘arilgan bo‘lib, shundan 1 mln. 307 ming 341 tonnasi Jamg‘arma hisobiga, 1 mln. 58 ming 666 tonnasi vaqtincha saqlash uchun bug‘doy doni qabul qilinib, ushbu bug‘doyning 1 mln. 738,4 ming tonnasi ochiq maydonlarga qabul qilingan.
Bugungi kunda ochiq maydonlarga qabul qilingan bug‘doyning 1 mln. 678 ming 281 tonnasi yoki 96,6 foizi elevator va yopiq sig‘imlarga kiritilishi taʼminlandi.
Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan donlardan 59 ming 919 tonnasi yoki 3,4 foizigina maxsus maydonlarda atrofi beton to‘siqlar bilan o‘ralib, ustki qismi brizent chodirlar bilan yopilishi hamda kelgusida birja savdolarida sotilishi bo‘yicha nazoratga olindi.
Shuningdek, oldimizga qo‘yilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zagroinspeksiya” xodimlari ishni uzluksiz tashkil qilib, davlat omborlariga qabul qilingan donni sifati, to‘g‘ri joylashtirilishi va saqlanishi ustidan doimiy nazorat olib bormoqda.
Davlat resursidagi don va don mahsulotlaridan oqilona foydalanish va maqsadli ishlatilishi ustidan “O‘zagroinspeksiya” xodimlari tomonidan kunlik nazorat o‘rnatilgan.
I.Pirnazarov, Inspeksiyaning paxta xom-ashyosi, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi