Ру Ўз O`z En

Amaldagi islohotlar: Inson qadri uchun

8 Yanvar 2025 87

Prezident topshirig‘i ijrosi: Denov tumani misolida

Mamlakatimizda aholiga sifatli va kafolatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish, mazkur sohada band bo‘lgan aholi daromadlarini oshirishni qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari soha rivoji yo‘lidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

- Tumanimizda qishloq xo‘jaligi sohasida 2025 yil g‘o‘za hosili uchun 7000 ming gektar yer maydonga chigit ekilishi rejalashtirilgan, - deydi Denov tumani Agroinspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Ikrom Nazarov. - Bugungi kunda urug‘lik "Buxoro -10", “Ravnoq”, "Sherobod SHN", “Sulton” navlarning chigitini dorilash ishlari O‘zagroinspeksiyaning Denov tumani bo‘limi tamonidan sifatli va belgilangan miqdori bo‘ycha tayorlash ishlari nazoratga olingan. Mazkur tayyorgarlik ishlari Xayrobod urug‘lik chigitni dorilash sexida ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 4 ta texnikalarni taʼmirlash maskanlarida 204 ta chopiq traktor, 204 ta kultivator, 90 ta chigit ekish seyalkasi va 320 ta tishli boronalar to‘liq taʼmirlanib ishlash holatiga keltirilgan.

Denov tumani hokimligi

Axborot xizmati

Text to speech