Joriy yilning 21 aprel kuni “GIZ-Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti” bosh ofisida “O‘zbekiston-Germaniya”ning sohaviy hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv GIZ-Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy rivojlanish dastur menejeri Biyat Shorit honim (Ms. Beat Shoreit) va uning jamoasi (loyiha maslahatchisi Mr. Markus Krug) hamda “O‘zagroinspeksiya” boshlig‘ining o‘rinbosari V. Hasanov, rahbar maslahatchisi F.Mamasoliyev va Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi direktori o‘rinbosari J.Murtalibovlar ishtirokida o‘tkazildi.
Uchrashuvda “O‘zbekiston-Germaniya”ning sohaviy hamkorlik aloqalarni o‘rnatish va Germaniya Federativ Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasida nazorat tizimining boshqaruv mexanizmlarini o‘rganish, qishloq xo‘jaligida global-iqlim o‘zgarish jarayonlarini yumshatish va oziq-ovqat barqarorligini saqlash jarayonlarida olib borilayotgan nazorat tadbirlaridagi islohotlar doirasida tajriba almashish bo‘yicha muloqot olib borildi.