Ру Ўз O`z En

Respublikada 134 ta tumanda urug‘lik g‘alla maydonlari parvarishlanmoqda

20 Aprel 2021 2511

Boshoqli don ekinlaridan sifatli va mo‘l hosil olishda ularning biologik xususiyatlari, maqbul parvarishlash agrotexnik tadbirlari va ekin maydonlarini zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilish muhim omillardan hisoblanadi.

Hukumatning 2020 yil 8 sentyabrdagi “2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 546-son qarori ijrosining bajarilishi hamda urug‘lik maydonlardan sifatli davlat standartlari talabiga javob beradigan urug‘lik don yetishtirilishi Inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.

Xususan, respublikada 2021 yil hosili uchun 134 ta tumanda jami 3 172 ta tanlovlardan o‘tgan fermer xo‘jaliklari, klasterlar, ilmiy tadqiqot institutlari va Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli elita urug‘chilik xo‘jaliklarining jami 90,7 ming gektar urug‘lik g‘alla maydonlarda boshoqli don ekinlarning 54 ta navidan 284,4 ming tonna, shundan 260,2 ming tonna suvli, 24,2 ming tonna lalmi maydonlardan sifatli sara urug‘lik don yetishtirish maqsadida parvarishlanmoqda.

Respublika bo‘yicha kuzgi boshoqli don ekilgan urug‘lik maydonlarning 3,4 ming gektar ko‘paytirish ko‘chatzori (superelita 11,5 ming tonna urug‘lik don kutiladi), 55,2 ming gektar superelita (elita 170,5 ming tonna), 31,5 ming gektar elita (R-I 94,9 ming tonna) va 491 gektar birinchi avlodli (R-II 831 tonna) urug‘lik maydonlar tashkil etadi.

Shuning bilan birga urug‘lik maydonlarda boshoqli don ekinlaring jami 54 ta seleksion navlari ekilgan bo‘lib shundan 41,8 ming gektar maydonda 36 ta mahalliy seleksion navlarni tashkil etsa qolgan 48,9 ming gektar maydonlarda 18 ta xorijiy seleksiya navlarini tashkil qiladi.

Shuningdek Inspeksiyaning hududiy boshqarma va tuman bo‘limlarining inspektorlari tomonidan urug‘chilik subyektlarida agro texnik tadbirlarni o‘z muddatida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish maqsadida joriy yilning fevral oydan har 15 kunda yoki hozirgi kungacha 6 marta jami 3 039 monitoring o‘rganishlar amalga oshirilgan bo‘lib shundan urug‘chilik subyektlarga 3 201 ta ogohlantirish, 659 ta yozma ko‘rsatma hamda tegishli mutasaddi tashkilotlarga 146 ta taqdimnomalar kiritilgan.

Monitoring natijalariga ko‘ra, urug‘lik maydonlarda asosiy g‘alla naychalash davrida rivojlanayotganligi hisobga olinib mazkur maydonlarda bahorgi 3-azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari yakunlangan. G‘allani rivojlanishini tezlashtirish maqsadida biostimulyatorlar yordamida o‘simlikning bargidan suspenziya usulida oziqlantirish ishlari bilan bir qatorda g‘allaning asosiy kassalik va zararkunanda hamda begona o‘tlarga qarshi kimyoviy ishlov berilib peshma-pesh sharbat usulida sug‘orilmoqda.

Shu bilan birga, Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan urug‘lik don yetishtirilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Inspeksiyaning Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limiga belgilangan muddatlarda axborotlar taqdim qilib borilmoqda.  

  

Sh.Xayitov, Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i                 

Text to speech