Ру Ўз O`z En

Respublikada boshoqli don ekinlarini ekish ishlari “O‘zagroinspeksiya” nazoratida

7 Oktyabr 2022 1596

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 avgustdagi 175-son yig‘ilish bayoniga asosan, joriy yilda 1 mln 186 ming 382 gektar maydonga boshoqli don ekinlari ekilishi belgilangan.

Ushbu tadbirga, hududlardagi mavjud 1018 dona don ekish seyalkalari hamda 7999 dona don ekish moslamalari jalb qilindi.

Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 877 ming gektar maydonlarda g‘alla ekish amalga oshirildi, kunlik ekish ishlari esa 3,6 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, boshoqli don yetishtirishda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlar bilan ekish amalga oshirilmoqda.

O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan joylarda g‘alla ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishi bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, joylardagi inspektorlar tomonidan, hududlarda boshoqli don ekinlarini ekish davrida 332 ming 113 gektar maydonlarda nazorat tadbirlari o‘tkazib, ushbu tadbir davomida 7 ming 272 ta fermer xo‘jaliklarining 21 ming 588 gektar maydonlarida g‘alla ekish ishlarida xato-kamchiliklar aniqlandi.

Shu bilan birga, g‘alla ekishni tashkil qilishda yuqorida qayd etilgan xato-kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida, tuman hokimliklariga, sohaga aloqador idora va tashkilotlarga 98 ta taqdimnomalar kiritildi.

Shu bilan birga, g‘allachilik fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalariga 1542 ta yozma ko‘rsatmalar hamda 9340 ta ogohlantirishlar berildi.

Hududlarda boshoqli don ekinlarini ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya” tomonidan doimiy nazorat olib boriladi.

"O‘zagroinspeksiya" Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech