Ру Ўз O`z En

Respublikada paxta moyini xavfsizligini taʼminlash borasida zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.

16 Fevral 2021 2225

Paxta texnik chigiti tarkibida tabiiy zaharli modda-gossipol boʼlishi, ayniqsa paxta moyi va kunjara tarkibida ushbu moddaning ruxsat etilgan meʼyoridan yuqori boʼlishi aholi salomatligiga jidiy zarar yetkazishi mumkin.

Tayyor mahsulotlarda gossipol moddasi miqdorini xavfsiz darajaga tushirish uchun paxta texnik chigiti toʼliq texnologik siklda qayta ishlanishi zarur. Toʼliq texnologik sikl magʼizni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraktsiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash jarayonlaridan iborat boʼlib, ayniqsa xavfsiz paxta moyi va kunjara ishlab chiqish uchun rafinatsiya, dezodaratsiya va ekstratsiya sexlarining ahamiyati kattadir.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil27 oktyabrdagi PF-6094-sonli Farmoni ilovasining 7-bandi  hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 noyabrdagi 03/1-2355-sonli topshirigʼi bilan korxonalarning paxta texnik chigitini toʼliq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi hamda ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigienik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi zimmasiga yuklatilgan.

Ushbu nazorat tadbirlari “Oʼzagroinspektsiya” tomonidan tuzilgan hududiy ishchi komissiyalariga “Oʼzstandart” agentligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislarini jalb etgan holda amalga oshirilmoqda.

Hududiy ishchi komissiyalar tomonidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlardagi yogʼ-moy korxonalarida oʼrnatilgan tartibda nazorat tadbirlari oʼtkazilmoqda. Bugungi kunda respublika boʼyicha mavjud 500 tadan ortiq yogʼ-moy korxonalarining 263 tasida tekshiruv oʼtkazilishi belgilangan boʼlib, 238 ta korxonalarda tekshirish yakunlandi.

Tekshiruv natijasiga koʼra, PF-6094-sonli Farmonda belgilangan talab 32 ta yogʼ-moy korxonasida taʼminlangan va 206 tasida taʼminlanmagani maʼlum boʼldi.

Paxta texnik chigitini qayta ishlash uchun toʼliq texnologik sikli yoki tayyor mahsulotlar uchun gigenik va muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʼlmagan yogʼ-moy korxonalari boʼyicha 199 ta taqdimnomalar Oʼzbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasiga kiritildi va ularning paxta texnik chigitini xarid qilish boʼyicha birja savdolarida ishtirok etishini oldi olindi.

Belgilangan talablar bajarilmagan korxonalarga jami 156 marotaba (ogohlantirish, koʼrsatma va taqdimnomalar kiritish orqali) taʼsir choralari qoʼllanilgan. 14 ta yogʼ-moy korxonasi boʼyicha huquqni muhofaza qilish organlariga materiallar kiritilishi taʼminlangan.

Inspektsiya tomonidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda

 

Paxta xom-ashyosi va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi

Text to speech