Ру Ўз O`z En

Samarali natija uchun masʼuliyat va tezkorlik zarur

5 Noyabr 2020 2194

Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Аndijon viloyati boshqarmasi va hududiy boʼlimlari tomonidan “Maʼmuriy amaliyot” yoʼnalishi boʼyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumanlarda qishloq xoʼjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi va huquqbuzarlikka oid maʼlumotlar tahliliy oʼrganildi.

Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman boʼlimlari tomonidan joriy yilning oʼtgan davri davomida jami 1 ming 395 ta shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish qoʼzgʼatildi. Shundan 279 ta tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan va 56 ta boshqa shaxslarga nisbatan qoʼzgʼatilgan. 1 ming 66 nafar shaxslarga nisbatan qoʼzgʼatilgan 1 ming 116 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar boshqarma va tuman boʼlimlari tomonidan koʼrib chiqildi.

Tahlil natijalariga koʼra, 736 nafar shaxs suv va suvdan, 388 nafar shaxs yerlardan, 229 nafar shaxs qishloq xoʼjaligi va yoʼl qurilish texnikalaridan foydalanishda xatoga yoʼl qoʼygan. Paxta xom-ashyosini topshirish shartnomalarini bajarmaganlik va paxta xom-ashyosini saqlashda davlat standartlariga rioya qilmaganlik holatlari ham koʼzga tashlandi. Bunday holatlar yuzasidan 42 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi va ulardan davlat hisobiga 356956 ming soʼm miqdorida jarima undiriladi.

Qolaversa, joriy yilning oʼtgan davrida Baliqchi, Boʼston, Izboskan, Marhamat tumanlarida urugʼchilik sohasida deyarli nazorat tadbirlari oʼtkazilmagan yoki mendan ketguncha, egasiga yetguncha qabilida ish koʼrilgan.

Tumanlardagi boʼlimlar tomonidan joylarga jami 924 ta yozma koʼrsatma, 110 ta taqdimnoma, 4364 ta ogohlantirish xatlari yuborilgan.

Oʼtgan hisobot oyi davomida boshqarma va tuman boʼlimlari tomonidan qishloq xoʼjaligi yerlaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari boʼyicha 388 ta maʼmuriy ishlar qoʼzgʼatilgan boʼlsada, ushbu holatlar yuzasidan keltirilgan zararlarni undirish boʼyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritish amaliyotidan foydalanilmagan. Koʼrilayotgan izchil chora-tadbirlar kutilgan natijani berishi uchun hamkor tashkilotlar ham masʼuliyat va tezkorlik bilan yondashsa, ayni muddao boʼlar edi.

 

Farhodjon АXUNOV, “Oʼzagroinspektsiya”, Аndijon viloyati boshqarmasi Maʼmuriy amaliyot boʼlimi bosh inspektori

Text to speech