Ру Ўз O`z En

Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi jamoatchilikka hisobot berdi

28 Mart 2024 1367

O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vakillari va blogerlar uchun matbuot uyida Press-tadbir tashkil etildi.

Yil yakunlariga ko‘ra, boshqarma tomonidan 16 898 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan, xabardor qilish tartibida 24 ta, davlat boshqaruvi idoralarida 384 ta, tadbirkorlarning murojaatiga asosan 3 ta hamda hamda jismoniy shaxslar faoliyati bo‘yicha 16 108 ta nazorat tadbirlari tashkil etilgan.

Mazkur tadbirlar davomida 13 024 ta holatda qonunbuzarlik holatlari aniqlangan bo‘lib, 11 105 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan, 310 ta taqdimnomalar kiritilgan, vakolat doirasida 1607 ta maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan hamda qonuniy qaror qabul qilish uchun 2 ta maʼmuriy materiallar sudlarga yuborilgan.

Bundan tashqari, 3 903 ta holatda ogohlantirish xatlari kiritilgan. 2023-yil davomida boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan jami 264 mln 956 ming so‘m maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan bo‘lib, shundan, 254 mln 298 ming so‘m (96 foiz) maʼmuriy jarimalar undirilgan. 2 ta holatda 630 ming so‘mlik maʼmuriy jarimalarni undirish uchun Majburiy ijro organlariga yuborilgan. 

"O‘zagroinspeksiya" Matbuot xizmati

Text to speech