Ру Ўз O`z En

Samarqand: 15 kun davomida 264 ta holatda qonunbuzilishlar aniqlandi

27 Iyul 2021 1888

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4241-sonli Qarori bilan yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

Shu maqsadda inspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan sohada qonunchilik ijrosini taʼminlash yuzasidan monitoring-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

2021 yil iyul oyining o‘tgan 15 kunligida 649 marta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 264 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi va 176 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 79 ta holat bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, 9 ta holat yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Ushbu taqdimnomalarga asosan, 2 nafar fuqaroga nisbatan intizomiy jazo chorasi belgilandi. Inspeksiya organlari tomonidan 161 ta holatda vakolat doirasida maʼmuriy ishlar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi, 15 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar, qonuniy qarorlar qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, 15 ta holatda sudlarga yuborilgan bo‘lib, 400 ta holat yuzasidan ogohlantirishlar berildi.

Xususan, Inspeksiyaning Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan 111 nazorat tadbirlarining 54  tasida, Urgut tumanida 69 ta nazorat tadbirlarining 47 tasida, Narpay tumanida 33 tadan 23 tasida hamda Pastdarg‘om tumanida 38 ta nazorat tadbirlarining 17 tasida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Maʼlumot o‘rnida: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarmaslik, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanishda transportdan foydalanish va boshqarish yuzasidan belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etmaslik holatlari yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan, jazo chorasi belgilangan.

O‘zagroinspeksiya” Samarqand viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech