Joriy yilda viloyatda 2024 yil g‘alla hosili uchun 104230 gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 53 ming 130 gektar ochiq maydonga, 51 ming 100 gektar maydondagi qator orasiga don ekish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, g‘alla ekish mavsumiga viloyat hududlaridan 219 dona don ekish seyalkalari va 595 dona don ekish moslamalar jalb qilinib, bitta don ekish seyalkasi bilan bir kunda o‘rtacha 9 gektar va bitta don ekish moslamasi bilan bir kunda o‘rtacha 11 gektar maydonda g‘alla ekish ishlari o‘tkazilmoqda.
Bugungi kun holatiga viloyatda 77811 gektar yoki 75 foiz maydonda don ekish ishlari va 26300 gektar yoki 25 foiz don ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshirildi.
Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan 33275 gektar g‘alla maydonlarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlari davomida 1536 ta fermer xo‘jaligining 4425 gektar g‘alla ekish mavsumida xato-kamchiliklar aniqlandi.
Aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida, fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalariga 3220 ta ogohlantirish berildi.
Sh. Butunov, Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasining
Qishloq xo‘jaligi agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini
nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi.