Ру Ўз O`z En

Samarqand viloyati Narpay tumanining texnika parki zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalar bilan yangilanmoqda

18 Sentyabr 2020 3278

Ayni kunlarda samarqandlik dehqonlar  75 ming 580 gektar maydonda yetishtirilgan  hosilni qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olish maqsadida mavsumga tayyorgarlik ishlarini qizg‘in olib borishmoqda. Klaster korxonalari tomonidan zamonaviy paxta terish mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, tirkamalar keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Narpay tumanidagi “Maroqand sifat” MChJ tomonidan Xitoydan  4 dona zamonaviy paxta terish mashinasi, Turkiyadan 20 dona traktor hamda 12 dona zamonaviy tirkamalar keltirildi.

- Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga sanoat asosida yondoshuvni joriy etish maqsadida klaster korxonalari tashkil etilganligi sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda namoyon bo‘lmoqda.

 2020 yil hosili uchun klaster korxonasi tomonidan jami 10 ming 762 gektar yer maydonida paxta yetishtirilmoqda. Shu maqsadda 223 ta fermer xo‘jaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari imzolandi, hamda xom ashyoni qabul qilib olish va qayta ishlashga kirishilmoqda

Paxta yig‘im-terim mavsumini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash maqsadida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari, tirkamalar, butlovchi qismlar keltirish yuzasidan amaliy tadbirlar olib borilmoqda.

2019 va 2020 yillar davomida jamiyat tomonidan 54 milliard so‘mlik jami 127 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari, tirkamalar va butlovchi mexanizmalar keltirildi,- deydi “Maroqand sifat” MChJ direktori Jahongir Ismatov.

Bugungi kunda, Inspeksiyaning Narpay tumani bo‘limi tomonidan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va tirkamalar elektron ro‘yxatga olinib, ularning barchasi texnik pasport va davlat raqam belgilari bilan ta’minlandi.

 

Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Мatbuot xizmati

Text to speech