Ру Ўз O`z En

Samarqandga 512 dona zamonaviy qishloq xoʼjaligi texnikalari keltirildi

16 Dekabr 2020 2493

Mirishkor dehqonlarimiz bejizga, “Texnika - dehqonning qanoti” deyishmagan. Darhaqiqat, qishloq xoʼjaligi mahsulotlaridan moʼl hosil yetishtirish, aynan qishloq xoʼjaligi texnikalariga bogʼliq. Shu bois, Samarqandda agroklaster korxonalari rahbarlari, fermerlar tomonidan sohaga ilmiy yondoshilgan holda, zamonaviy qishloq xoʼjaligi texnikalari xarid qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda Respublikamizda pandemiya asoratlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlash yuzasidan istiqbolli loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda, shu jumladan Samarqand viloyatida zamonaviy qishloq xoʼjaligi texnikalari parkini yangi, zamonaviy texnika vositalari bilan toʼldirishga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda.

Joriy yilning 10-12 dekabrь kunlari Samarqand viloyatida “Qishloq xoʼjaligi texnikalari va texnologiyalari” yarmarkasi va sanoat kooperatsiya koʼrgazmasi tashkil etilib, koʼrgazmada qator agroklaster korxonalari hamda fermer xoʼjaligi rahbarlari tomonidan yangi, zamonaviy qishloq xoʼjaligi texnikalarini xarid qilish yuzasidan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Birgina, Kattaqoʼrgʼon tumanida keyingi uch yil davomida, qishloq xoʼjaligini rivojlantirish, qishloq xoʼjaligi ekinlaridan yuqori hosil olish maqsadida Germaniya, Belorussiya, Xitoy va Turkiya davlatlaridan jami 113 mlrd. 225 mln. soʼmlik har xil turdagi zamonaviy qishloq xoʼjaligi texnikalari keltirildi. Shuningdek, tumandagi fermer xoʼjaliklari tomonidan 2018 - 2020 yillar davomida 29 mlrd. 065 mln.soʼmlik, 147 dona yangi qishloq xoʼjaligi texnikalari xarid qilindi.

Xususan, Kattaming "Аgroservis MTP" MChJ tomonidan 13 mlrd 737 mln soʼmlik 46 dona, "Kattaqoʼrgʼon klaster" MChJ tomonidan 49 mlrd 426 mln soʼmlik 150 dona, "Аmina gold invest" MChJ tomonidan jami 20 mlrd 996 mln soʼmlik 183 dona yangi qishloq xoʼjaligi texnikalari olib kelindi –deydi Inspektsiyaning Kattaqoʼrgʼon tumani boʼlim boshligʼi Nurali Namozov.

Joriy yilning oʼtgan davri davomida viloyat boʼyicha jami 512 dona zamonaviy qishloq xoʼjaligi texnikalari keltirilib, barchasi oʼrnatilgan tartibda roʼyhatga olindi, hamda yangi, zamonaviy qishloq xoʼjaligi texnikalarining elektron roʼyxati shakllantirilib, mazkur texnikalar davlat raqam belgilari bilan taʼminlanmoqda.

Shuningdek, “Oʼzagroinspektsiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan 2020 yilning 1-dekabrь holatiga, qishloq xoʼjaligi va boshqa texnikalarning nazorati doirasida 3 mlrd. 711 mln. soʼmdan ortiq davlat xizmatlari koʼrsatildi.

Bularning barchasidan koʼzlangan maqsad, aholini sifatli va arzon qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

"Oʼzagroinspektsiya" Samarqand viloyat boshqarmasi Matbuot xizmat

Text to speech