Ру Ўз O`z En

Sara urug‘lik chigit - sifatli paxta va yuqori hosildorlik garovi.

4 Fevral 2025 63

Inspeksiyaning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan viloyatda 2025-yil paxta hosili uchun tayyorlanayotgan urug‘lik chigitlarni qonunchilikda belgilangan  talablar asosida belgilangan rejaga asosan dorilanishi o‘rganildi.

Jumladan, Navoiy viloyat tumanlarida 2024-yil urug‘lik paxta hosilidan paxta to‘qimachilik klaster korxonalari va boshqa subyektlarda qabul qilingan 1513 tonna mahalliy urug‘lik paxta xomashyolarini tozalash va saralash natijasida ajratib olingan 802 tonna urug‘lik chigit 2025 yil paxta hosili uchun dorilash rejalashtirilgan.

Bugungi kun holatida 2024-yil paxta hosilidan qabul qilingan urug‘lik paxta xomashyosini tozalash 660 tonna, tuksizlantirish 85 tonna va 77 tonna urug‘lik chigitlarni dorilash ishlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, 2024-yilda paxta yetishtiruvchi subyektlarning yer maydonlarida chigit qadashdan ortib qolgan 665 tonna tindirilgan urug‘lik chigitlarni Agroinspeksiya qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlar sifatini baholash markazi” DM Navoiy viloyat filiali mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda namunalar olib, sertifikatlash ishlarini bajarilishi nazoratga olinib, urug‘lik paxta tayyorlashga va dorilashga masʼul bo‘lgan tashkilot rahbarlariga 2025 yil paxta hosili uchun tayyorlanishi rejalashtirilgan urug‘lik chigitlarni sifatli dorilanishi va tayyorlangan urug‘liklarni tinim davrini hisobga olgan holda qisqa muddatlarda yakuniga yetkazilishi yuzasidan ogohnoma va ko‘rsatmalar berib amaliy yordam ko‘rsatib, nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Text to speech